Hindistonning shimoli - sharqidagi Assam shtatida kuchli yog‘ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yetdi.
Assam shtati Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, shtat bo‘ylab yuz bergan suv toshqinlari oqibatida so‘nggi 24 soat ichida yana 2 kishi halok bo‘lgani bildirildi.
Shu tariqa, shtatda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yetdi.
Assam shtati bosh vaziri Himanta Bisva Sarma X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida, shtatning 25 ta hududida 1,1 milliondan ortiq kishi suv toshqinlaridan ziyon ko‘rganini ma’lum qildi.
Kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari shtat infratuzilmasiga ham katta ziyon yetkazgani, shtat bo‘ylab 16 ming 951 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bosgani qayd etilgan.
Janubiy Osiyoda iyun - sentabr oylarida kuzatiladigan musson yomg‘irlari Hindiston bilan Pokiston, shuningdek, mintaqaning boshqa mamlakatlarida har yili keng ko‘lamli tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalarga yo‘l ochmoqda.

















