BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish seshanba kuni bergan bayonotida Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi Antaliya shahrida o‘tkazilayotgan COP31 Iqlim o‘zgarishi konferensiyasini tashkil etish ishlarini yuqori baholadi.
Kecha, 9 - noyabr, dushanba kuni boshlangan va 20 - noyabrgacha davom etadigan yillik iqlim konferensiyasi haqida Anado‘lu axborot agentligiga intervyu bergan Guterrish: «Men ko‘plab COP sammitlarida ishtirok etganman va Turkiyaning ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etganidan chin dildan ta’sirlandim», - dedi.
Guterrish bu haqida AQShda joylashgan, notijorat ReFED tashkiloti rahbari Dana Gunders tomonidan dushanba kuni Turkiyaning oziq - ovqat isrof qilinishiga qarshi kurashish borasida mamlakatlarni birlashtirishga qaratilgan sa’y - harakatlarini olqishlaganidan keyin gapirdi.
Gunders Turkiyaning «Nol chiqindi» tashabbusi hamda Prezidentning rafiqasi Emine Erdo‘g‘anning ushbu masalaga xalqaro miqyosda ko‘proq e’tibor qaratilishidagi rolini ham alohida ta’kidladi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan ishtirokchilarni birlashtiradigan va har yili o‘tkaziladigan «Nol chiqindi» forumiga e’tibor qaratgan Gunders: «Turkiya COP va Nol chiqindi jamg‘armasi orqali kuchli yetakchilik namunasini ko‘rsatmoqda», - dedi.
Shuningdek, Gunders Emine Erdo‘g‘an oziq - ovqat isrof qilinishi masalasini xalqaro kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga olib chiqishga yordam berganini qayd etib, «Menimcha, Birinchi xonimning ko‘magi bilan bu masalaga e’tibor sezilarli darajada oshdi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.























