SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish rejasi qo‘llab - quvvatlanmoqda
Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish rejasi dunyoning 10 ta davlati tomonidan qo‘llab - quvvatlanmoqda.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish rejasi qo‘llab - quvvatlanmoqda
_

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh bilan davom etayotgan urushni yakunlashga qaratilgan sa’y - harakatlar doirasida Tehron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun taklif etilgan rejani 10 ta davlatdan iborat mintaqaviy blok qo‘llab - quvvatlaganini ma’lum qildi.

Avvalroq bir haftalik muddatni taklif qilgan Tehron, Vashington uning shartlarini qabul qilgan taqdirda, bo‘g‘ozni ikki kun ichida qayta ochishga tayyor ekanini bildirdi.

Dushanba kuni Islomobodda jurnalistlarga bayonot bergan Aroqchi mavzu haqida shunday dedi: «Uchrashuvda taklifimizga ijobiy munosabat bildirildi. Eron tomonidan ilgari surilgan ikki kunlik reja qo‘llab - quvvatlandi hamda ushbu tashabbus yakuniy va keng ko‘lamli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga olib kelishiga umid bildirildi».

Aroqchi Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarini birlashtirgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti yig‘ilishida ishtirok etish uchun yakshanba kuni kechqurun Pokistonga yetib keldi.

Pokiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan oliy darajali rasmiylar ishtirok etdi.

Tashkilotning yana bir a’zosi bo‘lgan Afg‘onistondan esa yig‘ilishda hech qanday rasmiy vakil qatnashmadi.

So‘nggi haftalarda mojaroni yakunlashga qaratilgan sa’y - harakatlar to‘xtab qoldi. Tehron bo‘g‘ozni qayta ochish evaziga xorijdagi muzlatilgan aktivlarini qaytarish, sanksiyalarni yumshatish va AQSh tomonidan Eron portlariga nisbatan joriy etilgan dengiz blokadasini bekor qilishni talab qilmoqda.

Eron urush boshlanganidan buyon global energiya ta’minoti uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu dengiz yo‘lini blokada qilib kelmoqda.