Xitoy bugun (20.10.2025) Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim kelishuvi masalasidagi o‘rtamchiligi uchun Turkiya bilan Qatarni maqtadi.
Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Guo Jiakun poytaxt Pekinda jurnalistlarga bergan bayonotida: «Pokiston ham Afgʻoniston ham Xitoyning do‘stidir va bu ikki davlat har doim bir - birining qoʻshnisi boʻlib qoladi», - dedi. O‘z so‘zida Turkiya biln Qatarning o‘rtamchilik sa’y - harakatlariga ham to’xtalgan Jaikun, Xitoy ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan otashkesimni xursandchilik bilan qarshi olganini ifoda etdi.
Islomobod bilan Kobul, Qatar bilan Turkiya o‘rtamchiligida kecha (19.10.2025) Doxada bo‘lib o‘tgan muzokaralar paytida otashkesim ustidan kelishib oldi. Bu holat, ikki davlat o‘rtasidagi chegarada yuz bergan etilgan va o‘limlarga yo‘l ochgan keskin taranglik ortidan qayd etildi.
Ikki davlat oʻrtasidagi batafsil muzokaralarning navbatdagi bosqichi yana joriy yilning 25 -oktabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtadi.
Matbuot xizmati kotibi Guo Xitoy chin dildan Pokiston bilan Afg‘oniston tushunmovchiliklarni muloqot yo‘li bilan hal qilishlari, otashkesimni vaqtinchalik emas butunlay yo‘lga qo‘yishlari hamda ikki davlat va mintaqada tinchlik o‘rnatishlaridan umidvor ekanini ifoda etar ekan Xitoy ikki davlatning tiklanishi va rivojlanishida konstruktiv rol o‘ynashga tayyor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.










