Dunyoning eng yirik media platformalaridan biri bo‘lgan TRT World Forum bu yil 9-marotaba 31 oktyabr-1 noyabr kunlari Istanbulda bo’lib o’tadi. Tadbir turli sohalardan ko‘plab mutaxassis va ma’ruzachilar ishtirokida tashkil etiladi.
Turkiya Teleradiokompaniyasi (TRT) tomonidan uyushtirilayotgan mazkur forum, dunyoning turli mamlakatlaridan mutaxassislar va yuqori darajadagi yetakchilarga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi forumning mavzusi:“Global qayta tuzilish: Eski tartibdan yangi haqiqatlarga”
Forum global beqarorlikning ortishi va xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan dolzarb muammolarga e’tibor qaratadi.
Avvalgi yillarda minglab ishtirokchilarni qabul qilgan TRT World Forum, yuqori lavozimli siyosatchilar va diplomatlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgan.
Joriy yildagi sessiyalarda Turkiyaning mudofaa siyosati, Suriyaning qayta qurilishi, ko‘p qutbli dunyoda diplomatiya va boshqaruv kabi asosiy xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, panel muhokamalarida geosiyosat, xavfsizlik, iqlim va energetika, texnologiya, ommaviy axborot vositalari, xalqaro huquq hamda global iqtisodiy o‘zgarishlar mavzulari ham ko‘tariladi.
2017-yildan buyon har yili forumda ishtirok etib kelayotgan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bu safar ham xalqaro jarayonlarga doir nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Forumning asosiy maqsadi — dialogni rivojlantirish, qaror qabul qiluvchilarni birlashtirish va global inqirozlar hamda o‘zgarish jarayonlarini boshqarishda yangi strategik yo‘nalishlar taklif etishdir.
TRT World Forum 2025 tadbirlarida ishtirok etish uchun trtworldforum.com sayti orqali ro’yxatdan o’ting.














