TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Respublikasi bugun 103 yoshda!
Turkiya Respublikasi bugun 103 - yilligini g‘urur va iftixor bilan nishonlamoqda.
Turkiya Respublikasi bugun 103 yoshda!
_

Bugun Turkiya Respublikasining tashkil topishining 103 - yilligi nishonlanmoqda. 1923 - yilning 29 - oktabrida Turkiya Respublikasi tashkil etilgani to‘plardan otilgan salyutlar va xalqning shod - xurramligi ostida butun dunyoga e’lon qilindi.

O‘smonli imperiyasining Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchrashi va mamlakat hududlarining g‘olib davlatlar tomonidan bosib olinishi hamda talon - toroj qilinishi xalq orasida katta qayg‘u va iztirob uyg‘otdi. Kuvayi Milliye (Milliy kuchlar) nomi ostida tashkil topgan va Mustafa Kemal Ataturk boshchiligida birlashgan milliy kuchlar ozodlik kurashini boshladi.

«Turk aholisi ko‘pchilikni tashkil etadigan hududlar Turkiya chegaralari tarkibida qolishi kerak», - degan g‘oyaga asoslangan kurash natijasida 1922 - yilning 30 - avgustida Bosh qo‘mondonlik maydon jangi g‘alaba bilan yakunlandi. Shu tariqa bosqinchi kuchlar bugungi Turkiya hududlaridan quvib chiqarildi.

Tinchlik muzokaralari natijasida bosib olingan Istanbul ozod etildi. Keyinchalik imzolangan Lozanna tinchlik shartnomasi bilan yangi Turkiya davlatining xalqaro miqyosda tan olinishi uchun yo‘l ochildi. O‘smonli imperiyasi barham topib, uning o‘rnida yangi Turkiya Respublikasi tarix sahnasiga chiqdi.

1923 - yilning 29 - oktabrida Respublika e’lon qilindi va Anqara mamlakat poytaxti deb belgilandi. Bu tarixiy voqealar butun dunyoga ovoza qilindi.

Respublikamiz tashkil topishining 103 - yilligini nishonlayotgan ushbu quvonchli kunda Milliy ozodlik kurashimizning qahramonlarini, avvalo, buyuk yo‘lboshchimiz Mustafa Kemal Ataturkni chuqur hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz, ularning yorqin xotirasi oldida ta’zim qilamiz.