Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (EUROCONTROL)ning 24 – 30 - avgust kunlari uchun tayyorlangan «Yevropa aviatsiya hisoboti» e’lon qilindi.
Hisobotga ko‘ra Istanbul aeroporti kuniga o‘rtacha 1689 ta qatnov orqali Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinlarda kuniga 1437 ta qatnov bilan Parij Sharl de Goll, 1419 ta qatnov bilan Amsterdam, 1329 ta qatnov bilan London Hitrou va 1320 ta qatnov bilan Frankfurt aeroportlari qayd etildi.
Antaliya aeroporti ham kuniga o‘rtacha 1032 ta qatnov bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari reytingida 9 - o‘rinni egalladi.





















