DUNYO
1 daqiqa o'qish
Xitoy Everest tog‘ida qolib ketgan 580 nafar alpinistni qutqardi
Tibet va Tsinxayda yuz bergan to‘satdan qor bo‘roni sababli 1000 ga yaqin alpinist yo‘lda qolib ketdi.
Xitoy Everest tog‘ida qolib ketgan 580 nafar alpinistni qutqardi
In the photo released by Lingsuiye, villagers ascend the mountain during rescue efforts to reach trapped hikers, on a slope of Mount Everest in Tibet. / AP

Xitoy hukumati chorshanba kuni Everest tog‘ining sharqiy yonbag‘irlaridan 580 nafar alpinistni qutqarib oldi, deb xabar berdi davlat matbuoti.

Sinxua axborot agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, alpinistlar hamda 300 dan ortiq xodim — shu jumladan mahalliy gidlar,   cho’pon chorvadorlari — Qudeng shahri va uning atrofidagi hududlarga eson-omon yetib kelganini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni mahalliy ommaviy axborot vositalari Tibet va Tsinxay mintaqalarida dam olish kunlari yuz bergan to‘satdan qor bo‘roni oqibatida kamida bir alpinist halok bo‘lgani va 1000 ga yaqin odam tog‘ yo‘llarida qolib ketgani haqida xabar bergan edi.
Qor bo‘roni kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan va ko‘plab chodirlarning qulashiga sabab bo‘lgan.

Shanba kuni kechqurun Dingri mintaqasida kuchli qor yog‘ib, Qudeng yaqinidagi tog‘ yo‘llari bo‘ylab sayr qilayotgan alpinistlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bunga javoban, Dingri okrugi hukumati tezkor choralar ko‘rib, aloqa tizimlarini tiklash va jabrlangan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish uchun maxsus guruhlarni safarbar etdi.

Dingri okrugi rasmiylari yakshanba kuni ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli bir qator sayyohlik joylari, jumladan Qomolangma (Everest) tog‘ining manzarali turizm  hududi vaqtincha yopilganini e’lon qildi.

 

Boxabar bo'ling!
AQSh Ukraina uchun 2,68 milliard dollarlik havo mudofaasi paketini ma'qulladi
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi
Kanada Buyuk Britaniya boshchiligidagi Qo‘shma ekspeditsiya kuchlariga qo‘shilish uchun ariza berdi
Isroil va Marokash iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik aloqalarni kengaytirishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Rossiya shimolidagi Xatanga qo‘ltig‘iga 200 tonna dizel yoqilg‘isi to‘kildi
Saudiya Arabistoni Makka yaqinida Husiylar dronini urib tushirdi
Los-Anjelesda vertolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo'ldi