Sanders bu haqda AQShda joylashgan X kompaniyasining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Trampning Netanyaxu qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlashi “kutilmagan holat” emasligini bildirgan Sanders, har ikki rahbar Yaqin Sharqda “tugamaydigan urush” bo‘lishini istayotganini aytdi.
“Bir avtoritar shaxs boshqasining hokimiyatda qolishiga yordam bermoqda”, — degan Sanders AQShni Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqirdi.
Tramp Isroilda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan edi.



























