TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Vazir Tekin: Maqsadimiz OECD davlatlari orasida kuchli beshlikka kirish
Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin kelgusi Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi — PISA tadqiqotlarida asosiy maqsad OECD davlatlari orasida kuchli beshlikka kirish va bu muvaffaqiyatni barqarorlashtirish ekanini ma’lum qildi.
Vazir Tekin: Maqsadimiz OECD davlatlari orasida kuchli beshlikka kirish
Vazir Tekin 2025–2026-oʻquv yili yakunidagi tabel tarqatish marosimida nutq soʻzlayotganda.

Vazir Yusuf Tekin OECD tomonidan PISA 2025 natijalari e’lon qilinganidan so‘ng Slovakiya poytaxti Bratislavada jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Turkiyaning PISA 2025 natijalarida qanday qilib “muvaffaqiyat tarixini” yaratgani haqidagi savolga javoban Tekin, 2013-yilda tayyorlov kurslarini yopish masalasi kun tartibiga kelganida, “Turkiyada ta’lim tizimi muvaffaqiyatli bo‘lishining yagona yo‘li ta’lim ustidagi vasiylik doirasini buzishdir”, deganini eslatdi.

Vazir Tekin OECDning Ta’lim va ko‘nikmalar bo‘yicha direktori Andreas Shlyayxer bilan o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda Shlyayxer undan Turkiyaning 2015-yildan keyingi “favqulodda yuksalishi”ni boshqa davlatlarga tushuntirib berishni so‘raganini bildirdi.

Milliy ta’lim vazirligining ta’siri kuchaygach, ishlar izga tusha boshlaganini qayd etgan Tekin shunday dedi:

“Menimcha, bu muvaffaqiyat tarixining asl mohiyati shunda. Aks holda, qancha sinfxona qurmang, qancha o‘qituvchi tayinlamang, bularning hech qanday natijasi bo‘lmaydi. Chunki qilayotgan ishingizga xalaqit beradigan, uni soyada qoldiradigan boshqa bir tuzilma mavjud. Shu sababli bu yilgi ko‘rsatmamizda ham darsliklarimizdan albatta foydalanilishi va qo‘shimcha manbalar majburan tavsiya etilmasligini yozdik”.

Tekin PISA 2025 mintaqaviy yig‘ilishida so‘zga chiqqanlardan biri “o‘quvchilarga o‘zlashtira oladiganidan ortiq ma’lumot yuklasangiz, bilim yo‘qotilishiga sabab bo‘lasiz”, deganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, bu masala Turkiya asri maorif modeli tushuntirilayotganda ilgari surilgan asosiy mavzulardan biri bo‘lgan.

Xalqaro maydonda Turkiya ta’lim tizimiga nisbatan bildirilgan asosiy tanqidlar “o‘quv dasturingiz juda tig‘iz” va “dasturingiz hanuz bilimni ko‘nikmaga aylantirishga emas, faqat ma’lumot berishga asoslangan” degan fikrlardan iboratligini aytgan Tekin quyidagilarni bildirdi:

“Turkiya asri maorif modelida xalqaro hamjamiyatning hisobotlari va tanqidlari hisobga olinib, shunchaki ma’lumot berishga emas, balki bilimni ko‘nikmaga aylantirishga e’tibor qaratildi. Ya’ni bilimni kundalik hayot ko‘nikmasiga aylantirish imkonini beradigan o‘quv dasturini tanladik. Shu sababli keyingi PISA tadqiqotida qatnashadigan, Turkiya asri maorif modeli asosida ta’lim olgan o‘quvchilarimiz ancha muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatadi, deb o‘ylayman”.

 

 

Boxabar bo'ling!
Duran Isroil mudofaa vaziri Katsning bayonotlariga munosabat bildirdi
ASELSAN dronlarga qarshi kurashuvchi GOKALP tizimini taqdim etdi
Turkiya 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqladi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Yevropa Ittifoqini tanqid qildi
MIT rahbari Kalin Suriya tashqi ishlar vaziri Shayboniy bilan uchrashdi
Turkiya va Xitoy sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha kelishuv imzoladi
CNN: Istanbul aeroporti Londonni ortda qoldirib, dunyoda birinchi bo'ldi
Pokiston armiyasi Saudiya Arabistonida qo‘shinlari joylashtirilganini tasdiqladi
Erdo‘g‘an Putin bilan Qora dengiz xavfsizligi va Ukraina masalasini muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulning ishg‘oldan ozod etilganining 103 yilligini nishonladi
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
ASELSAN gibrid havo mudofaa tizimlari bo'yicha 2,75 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
77-Xalqaro kosmik kongress Antaliyada boshlandi
Kosmik hamkorlik bo'yicha Antaliya deklaratsiyasi 21 davlat tomonidan qabul qilindi
Erdo'g'an: Turkiya mudofaa sanoatida "katta inqilob" qilmoqda
Prezident Erdo‘g‘andan Turk davlatlari hamkorlik kuni munosabati bilan tabrik
Trump Turkiyaga nisbatan CAATSA sanksiyalarini bekor qilishga ijobiy qaradi
Guler: “Kavkaz xavfsizligi uch mamlakat xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq”
Guler Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
Aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali (TEKNOFEST) Shanliurfa GAP aeroportida davom etmoqda