Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan shanba kuni bergan bayonotida, Falastin davlatini tan olish adolat yoʻlidagi muhim qadam ekanini ifoda etar ekan ammo uning judayam kech, Gʻazoda oʻn minglab inson hayotini yoʻqotganidan keyin qayd etilganini yodga soldi.
Istanbulda uyushtirilgan Boʻgʻozichi Diplomatiya forumi davomida Erdo‘g‘an dunyoning bir necha davlati tomonidan Falastinni tan olish haqidagi qarorlarni «kechikkan ammo muhim qadam», - deb baholadi.
Erdoʻgʻan: «Falastinlik birodarlarimizga oʻnlab yillardan beri notoʻgʻri munosabatda boʻlindi. Shunga qaramay bugungi kunga kelib xatolarning tuzatilishini xursandchilik bilan qarshi olamiz ammo bu qarorlarni 65 ming nafar gunohsiz inson oʻlmay turib ham qabul qilish mumkin edi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Isroilga nisbatan kuchli tanqid
«Gʻazodagi masalani Hamasga toʻnkab qoʻyganlar, haqiqat unday emasligini asta - sekin anglab yetadilar. Isroilning dardi faqatgina Gʻazo emasligi ham kun oʻtgan sari yana - da yaqqol namoyon boʻladi», - degan Erdoʻgʻan ochlik tinch aholiga qarshi qurol sifatida foydalanilganini oʻz soʻziga ilova etdi.
Erdoʻgʻan shuningdek, Isroilning Gʻazo blokadasini buzishga tayyorlanayotgan xalqaro Sumud floti faollariga salom yo‘llab, ularga oq yoʻl tiladi.
Mintaqaviy va xalqaro mas’uliyat
Turkiya lideri xalqaro munosabatning yetarli emasligini tanqid qilgan holda Netanyahuning bir kun avval BMT Bosh assambleyasida bosh oʻrindiqlarga duch kelganiga e’tibor qaratdi va vaziyatni: «Bu genotsid tarmog‘ining boshlig‘i o‘z yolg‘onlari va tahdidlariga tinglovchi topa olmadi», - degan soʻzlar bilan ifoda etdi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘z soʻzida shuningdek: «G‘azo, Yaman, Suriya, Sudan va Somali koʻchalarida qurbon boʻlgan har bir hayot bizning yuragimizdan bir parcha olib ketmoqda. Boshqalar befarq bo‘lsa ham, biz mintaqamizdagi azob - uqubatlar, zulm va tuganmas mojarolarga befarq bo‘la olmaymiz», - dedi.
Turkiyaning roli va xalqaro tartib
Turkiyani barqarorlik kuchi ekanini ifoda etgan Erdo‘g‘an, uning mamlakati adolatli tinchlik uchun ishlayotgani va Yaqin Sharqda kuchli va barqaror tinchlikni ta’minlash maqsadida harakat qilayotganini qayd etdi.
Ikkinchi Jahon urushidan g‘olib chiqqan davlatlar tomonidan tuzilgan tartib oʻz funksiyasi va ishonchini yo‘qotganini ham ta’kidlagan Erdoʻgʻan, natijada, xalqaro tinchlik va xavfsizlikning oʻrnini tuganmas urush va beqarorlik egallab olganini bildirdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, «Urushparastlar olovni kuchaytirayotgan bir paytda, Turkiya Falastin, G‘azo va butun mintaqada tinchlik yo‘lini ochishda davom etmoqda», - degan ifodalarga oʻrin berdi.