Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bugun (14.09.2025) Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tadigan favqulodda Arab - Islom sammiti oldidan uyushtirilgan vazirlar ishtirokidagi tayyorgarlik yig‘ilishida qatnashadi.
Unda, Qatar talabi va Islom Hamkorlik Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari kengashining hozirgi raisi sifatida Turkiyaning qo‘llab - quvvatlashi bilan joriy yilning 9 - sentabri kuni Isroilning Dohaga qarshi uyushtirgan hujumi ortidan uyushtiriluvchi favqulodda sammitda taqdim etiluvchi qaror loyihasi muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda Hakan Fidanning, Turkiyaning Qatar bilan bo‘lgan birdamligini yana bir bor tasdiqlashi va Isroilni nafaqat mintaqa tinchligi, balki Qatar mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga ham tahdid solishda ayblashi kutilmoqda. Shuningdek, u bu hujum Netanyaxu hukumatining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish niyati yo‘qligidan dalolat berayotganini ham ta’kidlashi mumkin.
Diplomatik manbalarga ko‘ra Hakan Fidan, Turkiyaning, Isroil hujumlari faqatgina falastinliklar bilan cheklanib qolmasligi va balki yana - da kengroq mintaqaviy xavfga aylanishi mumkinligi haqida anchadan beri qayd etib kelgan so‘zlarini takrorlashi rejalashtirilgan.
U Isroilning ikki davlat asosidagi yechimni buzishga urinishlari va mintaqaviy inqirozlardan siyosiy maqsadlarda foydalanish harakatlarini tanqid qilishi, mintaqadagi va dunyodagi mas’uliyatli rasmiylarning kuchli chora ko‘rishi uchun muvofiqlashtirishga chaqirishi kutilmoqda.
Uchinchi qo‘shma Arab va Islom sammiti
Manbalarga ko‘ra Turkiya Tashqi Ishlar vaziri bir qator davlatlarning Falastinni tan olish haqidagi niyatlarini e’lon qilganini yodga solgan holda, bunday tashabbuslarni Isroilga qarshi aniq chora ko‘rish yo‘llari bilan qo‘llab - quvvatlash zarurligini ta’kidlaydi.
Fidanning Falastinning to‘liq BMTga a’zo bo‘lishi uchun har qanday sa’y - harakatlarni kuchaytirishga chaqirishi va G‘azodagi Isroil genotsidini to‘xtatish uchun otashkesimni butunlay yo‘lga qo‘yish shartligini ta’kidlashi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari ishtirok etuvchi Arab - Islom favqulodda sammiti, Isroilning 2023 - yilning 7-oktabrida G‘azoga qarshi boshlatgan urushdan beri shu bilan uchunchi marta o‘tkazilmoqda.
Sammit kun tartibida Isroilning G‘azo va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi hujumlari, uning bosib olish va anneksiya siyosati, shuningdek, Dohadagi Hamas rahbariyatini nishonga olgan hujumi muhokama qilinadi.
So‘nggi favqulodda Arab va Islom sammitlari 2023 - yilning noyabr va 2024 - yilning noyabr oylarida Riyodda o‘tkazilgan edi.












