ANKARA (AA) – Turkiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy voleybol terma jamoasi jahon chempionati finalida AQSH terma jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Turkiya Voleybol federatsiyasi bayonotiga ko‘ra, yarim oy va yulduzli jamoa Chili poytaxti Santyagoda o‘tkazilgan uchrashuvda 25:23, 25:11 va 25:23 hisobidagi setlar bilan mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Zeynep Do‘g‘a Alpay turnirning eng yaxshi hujumchisi, Nejla Guzonjich esa eng yaxshi markaziy to‘siq qo‘yuvchisi sifatida musobaqaning orzular jamoasiga kiritildi.



















