DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil Livan hududlariga yanada chuqurroq kirishni rejalamoqda
Isroil armiyasi Livan hududiga 8 kilometrgacha kirish uchun harbiy o‘rnini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Isroil Livan hududlariga yanada chuqurroq kirishni rejalamoqda
_
13 соат олдин

Isroil ommaviy axborot vositalari xabariga kora Isroil harbiy o‘rnini kengaytirib, quruqlik hujumini Livan hududiga 8 kilometrgacha surishni rejalashtirmoqda.

Kanal 14 xabariga kora Isroil armiyasi Livanda 18 ta yangi harbiy punkt ochishni boshladi. Ularning ba'zilari Livan hududining chuqur qismida joylashgan.

Xabarda aytilishicha Isroil rasmiylari o'rtasidagi muhokamalar Litaniy daryosiga qadar — va ba'zi hududlarda undan ham o'zib — Livan hududining to'liq nazoratini saqlab qolish qaroriga kelgan.

Xabarda qo'shimcha qilinishicha qaror Isroil armiyasining operativ mudofaa chizig'ini xalqaro chegaradan kamida 8 kilometr ichkariga surishni o'z ichiga oladi.

Litaniy daryosi — Livanning asosiy daryosi bo'lib, u mamlakatning tog' tizmalari orasidagi Bekaa vodiysi orqali oqib o'tadi.

Isroil joriy yilning 2 - martidan beri Livanga qarshi havo hujumlari uyushtirib, janubiy Livanga quruqlik orqali bostirib kirishni boshladi.

Livan hokimiyatlari ma'lumotiga ko'ra Isroil hujumlari natijasida kamida 1 072 kishi halok bo'lib, 2 966 kishi yaralangan.

Joriy keskinlashuv AQSh va Isroilning Eronga qarshi 28 - fevral kuni boshlatgan va 1 340 nafardan ortiq inson halok bo'ldi.

Tehron bu urush paytida Isroildan tashqari Iordaniya, Iroq va Fors korfazi mamlakatlarini nishonga olib; insonsiz havo transportlari va raketa hujumlari orqali javob berdi. Eronga ko‘ra Ko‘rfaz davlatlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar AQSh harbiy nishonlariga qaratilgan.