DUNYO
2 daqiqa o'qish
Eronning Isroil hujumida 100 dan ortiq inson tan jarohati oldi
Eron tomonidan Isroilga qarshi raketa orqali uyushtirilgan hujumlarda 100 nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.
Eronning Isroil hujumida 100 dan ortiq inson tan jarohati oldi
_
8 соат олдин

Eron tomonidan Isroil janubidagi ikki shaharga qarshi uyushtirilgan raketa hujumlarida 100 nafardan ortiq inson jarohatlandi. Isroil havo mudofaa tizimlari raketalarni to‘xtata olmagani sababli, Netanyaxu kechani «juda murakkab» deb baholadi.

To‘g‘ridan - to‘g‘ri ikkita zarba uylarning jabhalarini parchaladi va yerda katta chuqurlar ochilishiga sabab bo‘ldi.

Magen David Adom tez yordam xodimlari Arad shahrida 84 kishi tan jarohati olgani va ularning 10 nafarining ahvoli og‘ir ekani, bir necha soat oldin esa yaqin atrofdagi Dimona shahrida 33 kishi jarohat olganini ma’lum qildi.

Eron davlat televideniyesi, Dimona shahridagi yadro obyektiga qarshi uyushtirilgan hujum; Natanzdagi Eron yadro obyektiga qarshi avvalgi hujumga «javob» tariqasida uyushtirilganini xabar qildi.

Hodisa joyiga ko‘plab yong‘in o‘chirish va favqulodda vaziyat xodimlari yuborildi.

Netanyaxu kechani «juda murakkab» deb baholar ekan, Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirishi va mamlakatining «barcha jabhalarida dushmanlariga qarshi hujumlar uyushtirishni davom ettirishda qarorli ekanini» bildirdi.

Havo mudofaa tizimi tekshiriladi

Yong‘in xizmati vakillari Dimona va Aradda oldini olish maqsadida uchirilgan raketalar ko‘zlangan nishonlarga zarba bera olmagani, natijada yuzlab kilogram og‘irlikdagi ballistik raketalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri ikkita zarba qayd etganini bildirdi.

Isroil armiyasi hodisani tekshirishini bildirdi. Armiyaning Matbuot xizmati kotibi polkovnik Effie Defrin, havo mudofaa tizimlari ishlayotgani ammo raketani to‘xtata olmagani va hodisadan saboq olinishi kerakligini ta’kidladi.

Mahalliy yong‘in xizmati, Arad shahrida uchta bino shikastlangani va ulardan birida yong‘in chiqqanini bildirdi.

Ichki Jabha qo‘mondonligi hududdagi maktablarda ta’limning onlayn tarzda davom etishini buyurdi.

Tibbiy xodimlardan Riyod Abu Ajaj, hujum hududida keng ko‘lamli vayronagarchilik va kuchli tartibsizlik yuzaga kelganini xabar qildi.