TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdoʻgʻan BMTda asosan Isroilning Gʻazodagi qatliomlariga e’tibor qaratadi
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Millatlar Tashkilotida asosan Isroilning Gʻazodagi qatliomlariga e’tibor qaratadi.
Erdoʻgʻan BMTda asosan Isroilning Gʻazodagi qatliomlariga e’tibor qaratadi
21 сентябр 2025

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi (BMGK)dagi nutqida asosan Isroilning Gʻazoda uyushtirgan qatliomlariga e’tibor qaratgan holda falastinliklarni himoya qilish va muammo ikki davlat asosida hal qilinishi uchun tezlik bilan chora koʻrilishini talab qilmoqchi.

Prezident Erdoʻgʻan bugun Nyu - Yorkka joʻnab ketishi oldidan Istanbuldagi Ataturk aeroportida bayonot berdi va unda «BMTdagi nutqimda Gʻazodagi zulm va Turkiyaning mintaqada barqarorlikni saqlashga qaratilgan sa’y - harakatlariga toʻxtalaman», - dedi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu yilgi yigʻilishi oldingilarga qaraganda farqli boʻlishi va dunyoning bir necha davlati Falastinni tan olishini bildirgan Erdoʻgʻan, Falastin davlati qanchalik koʻp tan olingudek boʻlsa unda muammoni ikki davlat asosida hal qilish ishlari ham shunchalik tezlashishidan umidbor ekanini qayd etdi. Soʻzlari davomida Erdoʻgʻan, Shimoliy Kiprdagi Turk xalqining huquqlari va xavfsizligi ham kun tartibining bir qismi boʻlishini oʻz soʻziga ilova etdi.  

Bosh assambleya paytida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan savdo va mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishini ham ma’lum qilgan Erdoʻgʻan, BMTning mavjut tuzilishi oʻz mas’uliyatini bajarish uchun yetarli emasligini qayd etishni ham unutmadi.  

Prezident Erdoʻgʻan, Nyu - Yorkda shuningdek, Suriya Prezidenti Ahmed ash - Shara va Tashqi Ishlar vaziri Asad ash - Shayboniy bilan uchrashuv oʻtkazishini ma’lum qildi.

Eslatib oʻtamiz Suriya rahbariyati oʻnlab yildan beri birinchi marta BMT Xavfsizlik kengashida ishtirok etmoqda.

«Suriyalik birodarlarimiz ozodliklari uchun ogʻir kurash olib bordi. BMTning Xavfsizlik kengashi Suriya ozodligiga hissa qoʻshadi degan umiddamiz», - degan Erdoʻgʻan, «Turkiya mintaqamizning har bir qarichida tinchlik boʻlishini istaydi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi