YANGI SURIYA
2 daqiqa o'qish
YPG terror tashkiloti mahalliy aholidan kamida 23 kishini nazorat ostiga oldi
YPG terror tashkiloti, Hasaka shahrida, Suriya Ichki Ishlar vazirligiga qarashli xavfsizlik kuchlarini kutib olish uchun ko‘chaga chiqqan mahalliy aholidan kamida 23 kishini nazorat ostiga oldi.
YPG terror tashkiloti mahalliy aholidan kamida 23 kishini nazorat ostiga oldi
_
15 соат олдин

Anadolu axborot agentligining mahalliy manbalarga tayanib bergan xabariga ko‘ra YPG terror tashkiloti yakshanba kuni (01.02.2026) Suriyaning shimoli - sharqida joylashgan Hasaka shahrida Suriya Ichki Ishlar vazirligiga qarashli xavfsizlik kuchlarini kutib olish uchun ko‘chaga chiqqan mahalliy aholidan kamida 23 kishini nazorat ostiga oldi.

Manbalarning bildirishicha davlat konvoyi YPG va AQSh ko‘magida tuzilgan kelishuv doirasida shaharga kirishi ortidan Hasaka shahar markazida 21 kishi, Rmelan tumanida bir kishi va Almabde qishlog‘ida bir kishi qo‘lga olingan.

Terror guruhi tinch aholini nazorat ostiga olish, yana tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik va qo‘rqitish amaliyotlari uyushtirisih orqali takror - takror o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlarini buzmoqda.

Alikhbariah TV tomonidan yakshanba kuni (01.02.2026) ma’lum qilinishicha yana ot ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay Halab viloyatining shimoliy qishloq hududlaridagi qamal ostida qolgan mintaqalardan, jumladan, al - Qubba va al - Jaada qishloqlaridan qochishga uringan tinch aholiga qarshi YPG jangarilari tomonidan o‘q uzilgan.

O‘tgan hafta tashkilot kuchlari tomonidan Hasaka shahri bilan Qamishli qishlog‘i atrofidagi al - G‘ariqa qishlog‘ida sodir etilgan hujumlarda ikki nafar yosh yigit halok bo‘lgandi.

Alikhbariah TV xabar bergan ushbu qotilliklardan so‘ng YPG kuchlari al - Darbasiyah yaqinidagi qishloqlarga bosqinlar uyushtirdi. Eng yomoni mazkur bosqinlar chog‘ida ko‘plab yosh erkaklar nazorat ostiga olindi.

YPG va Suriya hukumati o‘rtasida erishilgan so‘nggi kelishuv qurolli namoyishlarni taqiqlash, qurol ishlatishni ichki xavfsizlik kuchlari bilan cheklash hamda YPG kuchlarining Suriyaning shimoli - sharqidan Firot daryosining sharqiy qismiga chekinishini nazarda tutuvchi bandlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, markaziy Hasakadagi davlat muassasalarini Damashq hukumati bilan integratsiya qilish va amaldagi xodimlarni davlat maosh tizimiga kiritish ham kelishuv doirasiga kiradi.

Suriya hukumati 24 yillik hokimiyat ortidan 2024 - yilning dekabr oyida Bashar al - Asad rejimi tarqashidan keyin mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni qayta tiklash borasidagi sa’y - harakatlarini kuchaytirdi.