Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi va unda Turkiya bilan Ozarbayjon birodarlik rishtalaridan kuch olib, hamkorlikni yanada rivojlantirishini ta’kidladi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasining chorshanba kuni «X» ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra ikki davlat rahbari suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqaviy va global voqealarni ham muhokama qildi.
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon mustaqilligini qayta tiklaganining 35 - yilligi munosabati bilan Ilhom Aliyevni tabrikladi.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Aliyevni Anqarada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turk Davlatlari Tashkilotining 13 - sammitiga taklif qildi.
Mustaqillikni qayta tiklash kuni
Ozarbayjonda 1991 - yili Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan 18 - oktabr Mustaqillikni qayta tiklash kuni sifatida nishonlanadi.
Mazkur qonun bilan Ozarbayjon 1918–1920-yillarda mavjud bo‘lgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining vorisi sifatida o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
Turkiya Ozarbayjon mustaqilligini tan olgan birinchi davlat bo‘ldi. Ozarbayjon 1991 - yilning 30 - avgustida mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, Turkiya 1991 - yilning 9 - noyabrida mamlakat mustaqilligini tan oldi.
Ikki davlat 2021 - yilning iyun oyida imzolangan Shusha deklaratsiyasi orqali o‘zaro munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga ko‘tardi.























