Isroil armiyasi seshanba kuni (31.03.2026) bergan bayonotida, Livan janubidagi to‘qnashuvlarda to‘rt nafar askari halok bo‘lgani va ikki askari esa tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Isroil 2 - mart kuni Hizbullohning chegaradan oshib amalga oshirgan hujumi ortidan Livan janubida havo zarbalari va quruqlikdagi harbiy amaliyotlarini kuchaytirgan edi.
Dastlab mahalliy keskinlik sifatida boshlangan voqealar butun chegarada deyarli har kuni davom etayotgan to‘qnashuvlar bilan bugungi kunda yanada keng ko‘lamli va uzluksiz harbiy amaliyotga aylandi.
Livanda tinch aholi o‘limlari ortmoqda
Rasmiylarga ko‘ra Isroil hujumlari boshlanganidan beri Livanda kamida 1 ming 247 kishi halok bo‘ldi, 3 ming 690 kishi esa tan jarohati oldi; zarbalar janubdagi qishloqlar va infratuzilmani nishonga oldi.
Mazkur keskinlik Eronni nishonga olgan va eronlik rasmiylarga ko‘ra joriy yilning fevral oyidan beri 1 ming 340 nafardan ortiq inson o‘limiga yo‘l ochgan keng ko‘lamli AQSh - Isroil harbiy amaliyoti bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.
Bunga javob tariqasida Eron Isroil bilan Ko‘rfaz mamlakatlaridagi AQSh harbiy bazalariga qarshi insonsiz havo transportlari va raketa hujumlari boshlatdi.














