YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
YPG terror tashkiloti Suriya armiyasi mavzelariga qarshi hujum uyushtirdi
YPG terror tashkiloti Suriya armiyasining Halab viloyati qishloq hududlaridagi mavzelariga qarshi dronlar orqali hujumlar uyushtirdi.
YPG terror tashkiloti Suriya armiyasi mavzelariga qarshi hujum uyushtirdi
_
26 январ 2026

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) xabariga ko‘ra Suriya armiyasi YPG terror tashkiloti Halab viloyati qishloq hududlaridagi mavzelari yoki pozitsiyalariga qarshi 25 dan ortiq dron hujumi uyushtirib, yaqinda uzaytirilgan sulh qoidasini buzganini ma’lum qildi.

Armiya amaliyotlar qo‘mondonligi yakshanba kuni (25.01.2026) mavzu haqida bergan bayonotida, YPG kuchlari Ayn al - Arab hududi atrofida joylashgan Suriya armiyasining joylashuv nuqtalarini 25 dan ortiq FPV rusumidagi portlovchi dronlar yordamida nishonga olganini bildirdi. Hujumlar oqibatida armiyaga tegishli to‘rtta transport vositasi yo‘q qilingan.

Bayonotda, YPG shuningdek M4 avtomagistrali va unga yaqin qishloqlarni ham nishonga olgani, natijada ko‘plab tinch aholi vakillari jarohat olgani qayd etildi.

Amaliyotlar qo‘mondonligi hozirda maydondagi vaziyat baholanayotgani va javob choralarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Bayonotda shunday deyiladi: «Suriya armiyasi tinch aholi va joylashuv nuqtalarining nishonga olinishi munosabati bilan operativ variantlarni baholamoqda va zarur choralarni ko‘radi».

Mazkur hujumlar Suriya hukumatining shanba kuni (24.01.2026) YPG bilan tuzilgan sulhni yana 15 kunga uzaytirganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Suriya hukumati avvalroq YPG bilan tuzilgan to‘rt kunlik sulh muddati yakunlangani va uning tugashi ortidan keyingi qadamlar baholanayotganini ma’lum qilgan edi.