Rasmiylarning aytishicha Rossiya raketalar, insonsiz havo transportlari va boshqariladigan bombalarorqali Ukrainaga zarba bergan. Oqibatida sakkiz kishi halok bo’lar ekan, o’nlab inson tan jarohati oldi.
Shahar meri ma’lumotiga ko‘ra poytaxt Kiyev ham raketalardan zarba oldi; ikki nafar bolani o‘z ichiga olgan 12 kishi yaralandi.
O‘nlab ultra - tez ballistik raketalar ishlatilgan so‘nggi hujumlar Ukraina havo - himoya tizimini qiyinchilikka solgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X orqali yozishicha, kecha tun davomida Rossiya 120 dan ortiq insonsiz havo transporti va 12 ta raketa uchirgan, ularning yarmi ballistik bo‘lgan. U, shuningdek, «Havo hujumi haqida ogohlantirish berilishidan oldin harbiy bo’lmagan infratuzilmaga zarba berildi» - deb qo‘shimcha qildi. Shuningdek, vayron bo‘lgan binolarda tutun va qoldiqlar ichida favqulodda xizmat xodimlari ish olib borayotgan videolarni joylagan.
Kiyevda ko‘p kvartirali uylar, ofislar va teologik maktab shikastlangan, boshqa hududlarda esa tiklash ishlari davom etmoqda.
“Shimoliy Sumi shahriga Rossiyaning boshqariladigan havo bombasi zarbasi besh kishinnig hayotiga zomin bo‘ldi” - dedi shahar meri Artem Kobzar.
Sharqiy Sloviansk shahriga qilingan rossiyaliklarning hujumida yana bir kishi halok bo‘lgan, janubiy Odesa shahriga raketa zarbasi esa ikki kishini o‘ldirgani haqida rasmiylar ma’lum qildi.
Radarni chetlab o‘tish
Shanba kuni Kiyevga qarshi uyushtirilgan hujumda raketalar havo hujumi xavfi haqida ogohlantirish berilishidan oldin nishonga yetib bordi. Bu so‘nggi bir haftadan kam vaqt ichida kuzatilgan shunga o’xshash ikkinchi holat bo‘ldi.
Ukraina Mudofaa vaziri maslahatchisi Sergiy Sternenko: “Sirenalar qo‘zg‘atilishidan oldingi zarbalar Rossiyadan S - 400 zenit - raketlaridan foydalanilgani haqida dalolat berishi mumkin” - dedi.
Sternenko Telegram orqali: «Yerga qaratilgan hujumlarda bu raketalarni radar orqali aniqlash qiyinroq bo‘ladi» - deb yozib qoldirdi.
Fuqarolarni nishonga olayotganini inkor etayotgan Rossiya esa Kiyevdagi «harbiy - sanoat obyektlari» va Odesa port infrastrukturasi nishonga olinganini bildirdi.
Juma kuni Ukraina dronlari Janubiy Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlarini urdi; Kiyev esa dushmanining energetika infratuzilmasini nishonga olgan.


















