DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiyaning Primorsk Boltiq dengizi porti bila neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
Ukraina tomonidan Rossiyaning Primorsk Boltiq dengizi porti bila neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi.
Rossiyaning Primorsk Boltiq dengizi porti bila neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
_
10 соат олдин

Rossiyalik rasmiylar Ukraina tomonidan insonsiz havo transporti orqali amalga oshirilgan hujumlar ortidan Boltiq dengizidagi Primorsk portida yoqilgi sizib chiqqani va oqibatida NORSI neftni qayta ishlash zavodida yong‘in paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

So‘nggi bir oy ichida Ukrainaning Rossiya energetika infratuzilmasiga qarshi uyushtirgan hujumlari kuchaygani bildirildi.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko dastlabki bayonotida Primorskdagi quvur liniyasi ziyon ko‘rganini ifoda etdi ammo keyinchalik Telegram orqali bergan bayonotida quvur ziyon kormagani, balki port hududidagi yoqilg‘i ombori shrapnel zarbasi natijasida sizib chiqa boshlaganini bildirdi.

Kuniga taxminan 1 million barrel quvvatga ega bo‘lgan va Rossiyaning eng yirik eksport nuqtalaridan biri hisoblangan Primorsk porti o‘tgan oy Ukraina hujumlari natijasida saqlash quvvatining kamida 40 foizini yo‘qotgani qayd etildi.

Shu davrda Ukraina hududidagi Drujba quvurining yopilishi hamda Rossiya bilan bog‘liq tankerlarning musodara qilinishi sabab Rossiyaning neft eksport salohiyatining qariyb 40 foizi ishdan chiqqani aytildi.

Zavodda yong‘in yuz berdi

Boshqa bir hujumda esa mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan Nijniy Novgorod viloyatidagi NORSI neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqqani bildirildi. Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin yakshanba kuni (05.04.2026) bergan bayonotida Ukraina dronlari hujumi ortidan mamlakatdagi to‘rtinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi hisoblangan NORSIda yong‘in yuz bergani va korxonadagi ikki ishlab chiqarish qurilmasi ziyon ko‘rganini ma’lum qildi.

Nikitin, hujum natijasida elektr stansiyasi va ayrim uylar ziyon ko‘rgani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar yo‘qligini bildirdi.

Rossiyaning ikkinchi yirik benzin ishlab chiqaruvchisi hisoblangan NORSI zavodining yillik quvvati 16 million tonna, ya’ni kuniga taxminan 320 ming barrelni tashkil etishi qayd etildi.

Novorossiysk shahri meri Andrey Kravchenko ham shaharga qarshi uyushtirilgan dron tahdidi sababli havo xavfi signali berilganini bildirdi.

Bunday ogohlantirishlar vaqtida, Kaspiy quvur liniyasi konsorsiumi orqali Qozog‘iston nefti jo‘natiluvchi terminalni ham o‘z ichiga olgan holda, odatda neft yuklash ishlari to‘xtatilishi ta’kidlandi.