TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Ilxom Aliyev Bokuda Subrahmanyam Jaishankarni qabul qildi
Ilxom Aliyev poytaxt Bokuda Hindiston Tashqi Ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankarni qabul qildi.
Ilxom Aliyev Bokuda Subrahmanyam Jaishankarni qabul qildi
_

Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliyev Hindiston Tashqi Ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankarni qabul qildi.

Ozarbayjon Prezidentining Matbuot xizmati xabariga ko‘ra Aliyev rasmiy tashrif bilan Bokuga kelgan Jaishankar bilan uchrashdi.

Aliyev, tashrif ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish nuqtayi nazaridan muhim ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda Ozarbayjon bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Ozarbayjon bilan Hindiston Global Janubning bir qismi sifatida xalqaro kun tartibidagi, ayniqsa, Global Janub mamlakatlariga taalluqli ayrim masalalarda mushtarak manfaatlarga ega ekani ta’kidlandi.

Shu doirada siyosiy, iqtisodiy va savdo aloqalari, yuqori texnologiyalar, madaniyat, gumanitar soha hamda boshqa yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida siyosiy muloqotni faollashtirish, turli darajalarda o‘zaro tashriflarni davom ettirish, jumladan, iqtisodiyot va biznes vakillaridan iborat delegatsiyalar tashriflarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.