AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, ittifoqchilarning AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi urushini qo‘llashda istaksizligidan xafa ekanini ifoda etib; Eron urushidan so‘ng Vashington NATO ittifoqining qiymatini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi.
Rubio, FOX News ga bergan intervyusida, “Mamlakatimiz uchun NATO va ushbu ittifoqning qiymatini qayta ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri keladi” - dedi va oxirgi qaror prezidentga tegishli ekanini qayd etdi.
NATO ittifoqchilarini AQShning harbiy bazalaridan foydalanish talablarini rad etganliklari uchun tanqid qilgan kotib, “Ulardan havo hujumlarini amalga oshirishni so‘ramayapmiz. Bazalaridan foydalanishimizga ruxsat berishlari kerak bo‘lganda, qabul qilmadilar Unday bo‘lsa, nima uchun NATO tarkibidamiz?” - dedi.
Yevropadan “rad”lar
O‘zini uzoq vaqtdan beri “NATOning eng kuchli himoyachilaridan biri” deb atayotgan Rubio, ittifoqning AQShga Yevropa bazalari orqali global miqyosda kuch ko‘rsatish imkonini berganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, ittifoq “bir tomonlama yo‘l”ga aylanishi mumkinligi ustidan ogohlantirgan Rubio, “Ehtiyoj tug‘ilganida bu bazalardan foydalanishimizga ruxsat berilmasa, mintaqada nima uchun… butun bu AQSh kuchlari joylashtirilgan?” - degan savol tashladi o‘rtaga.
Marko Rubio bu so‘zlarni, ba’zi yevropalik ittifoqchilarning Eron urushiga oid AQSh talablarini rad etgani yoki cheklagani munosabati bilan qayd etdi.
Italiya, AQShning Sitsiliyada harbiy bazaga samolyotlari qo‘nishini rad etgan; Ispaniya esa bazalari yoki havo maydonidan foydalanishga ruxsat bermagan edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi boshqa ittifoqchilar esa o‘z rollarini mudofaa yordami bilan cheklab; taranglikni kamaytirishga chaqirishgan edi.












