DUNYO
1 daqiqa o'qish
Eron AQShning insonsiz havo transportini urib tushirdi
Eron AQShning MQ - 9 rusumidagi insonsiz havo transportini urib tushirganini ma'lum qildi.
Eron AQShning insonsiz havo transportini urib tushirdi
_

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQShga tegishli MQ - 9 rusumli insonsiz havo transporti (IHT) Ho‘rmuz bo‘g‘ozi osmonida urib tushirilganini ma’lum qildi.

Eron davlat televideniyesining xabariga ko‘ra Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida bugun ertalab Ho‘rmuz bo‘g‘ozi osmonida AQShga tegishli MQ - 9 rusumli insonsiz havo transporti (IHT) Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan nishonga olinib, urib tushirilgani bildirilgan.

Bayonotda, shuningdek, mazkur apparat Eron tomonidan urib tushirilgan 54 - MQ - 9 ekani iddao qilingan.