Rossiyaga qarashli Tatariston Respublikasida insonsiz havo transporti (IHT) yordamida uyushtirilgan hujum oqibatida harbiy bo‘lmagan va sanoat obyektlariga ziyon yetgani, oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 12 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilindi.
Tatariston Respublikasi Prezident Administratsiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukraina armiyasi Nijnekamsk (Tubenqama) shahriga insonsiz havo transportlari (IHT) yordamida hujum uyushtirgani bildirildi.
Bayonotda: «Hujum oqibatida harbiy bo‘lmagan va sanoat obyektlariga ziyon yetdi. Korxonalardan birida yong‘in chiqdi. Ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilmadi. Hujumda 2 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi», — deyiladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda esa tunda Ukrainaning 389 ta IHTsi turli hududlar ustida zararsizlantirilgani qayd etildi.




















