DUNYO
1 daqiqa o'qish
Bosniya va Gertsegovinadagi yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
Bosniya va Gertsegovinadagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘inda 10 kishi halok bo‘lar ekıan, taxminan 20 kishi tan jarohati oldi.
Bosniya va Gertsegovinadagi yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
_
5 ноябр 2025

Bosniya va Gertsegovinaning shimoli - sharqidagi Tuzla shahridagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin inson tan jarohati oldi.

Qariyalar uyi tomonidan berilgan bayonotda: «Afsuski... 10 nafar aholimiz halok bo‘ldi va taxminan 20 kishi jarohat oldi», - deyildi. Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da (19:45 GMT) boshlangani ifoda etildi.

Bosniya ommaviy axborot vositalaridan Federalna TV xabariga ko‘ra, yong‘in bir soat ichida nazorat ostiga olingan.

Yong‘inning kelib chiqish sababi hali hanuz noaniq.

Tuzla universiteti klinik markazi vakili Ersiya Askerich Mujedinovich www.tuzlanski.ba yangiliklar portaliga bergan bayonotida, bir necha bemor uglerod oksidi bilan zaharlangani va hozirda davolanayotganini tasdiqladi.

Askerich Mujedinovich: «Uch nafar bemor ichki kasalliklar klinikasida uglerod oksidi bilan zaharlanishdan davolanmoqda, ikki nafar bemor esa reanimatsiya bo‘limida va bir nafar bemor hozirda qabul klinikasida tibbiy yordam olmoqda», - dedi.

Federalna TV xabariga ko‘ra, kamida besh kishi tan jarohati olar ekan uch kishi reanimatsiyada.

Rasmiylar yong‘in sababini aniqlash uchun tergov ishlarini boshlatdilar. Tez yordam guruhlari bilan o‘t o‘chiruvchilar voqea joyida o‘z ishlarini davom ettirmoqda.