G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘azo uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi
Yevropa ittifoqi G‘azo uchun yangi hamkorlik tashabbusini yo‘lga qo‘ydi.
G‘azo uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi
_

Yevropa ittifoqi (YI) Komissiyasi G‘azoda tiklanishning dastlabki bosqichini qo‘llab - quvvatlash maqsadida 883,6 million yevro miqdoridagi moliyaviy mablag‘ni birlashtirgan «G‘azo jamoasi tashabbusi» (Team Gaza Initiative) nomli tashabbusni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

YI Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan yozma bayonotga ko‘ra Bryusselda bo‘lib o‘tgan Falastin donorlar guruhining ikkinchi yig‘ilishi doirasida «G‘azo jamoasi tashabbusi» rasman ishga tushirildi.

Bayonotda qayd etilishicha, tashabbus G‘azoda asosiy xizmatlarni qayta tiklashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab - quvvatlashni maqsad qilgan.

Shuningdek tashabbus suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini ta’mirlash, vayronalar va qattiq maishiy chiqindilarni tozalash, sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda oziq - ovqat tizimlarini qayta tiklash kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratishi bildirildi. Tashabbus Yevropa ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon banki tomonidan joriy yil aprel oyida e’lon qilingan «G‘azo bo‘yicha tezkor zarar va ehtiyojlarni baholash» hisobotiga asoslanib ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Bayonotda aytilishicha, «G‘azo jamoasi tashabbusi» G‘azodagi dastlabki tiklanish ishlarini qo‘llab - quvvatlash uchun 883,6 million yevro miqdoridagi moliyaviy hissani birlashtiradi. Shuningdek, Falastin ma’muriyatiga ajratiladigan moliyaviy yordamni yetkazish mexanizmi doirasida yangi moliyaviy hissa to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolangan.