Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Xarkov va Zaporijye viloyatlaridagi ikki aholi punkti Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida Rossiya armiyasining Ukrainadagi harbiy harakatlari haqida ma’lumot berilib, Ukraina armiyasiga tegishli muhim obyektlarga zarbalar berilgani qayd etildi.
Bayonotda, Shimoliy harbiy guruhi faol amaliyotlar natijasida Xarkov viloyatidagi Ukrainskoye aholi punktini nazoratga olgani; Sharqiy harbiy guruhi esa Zaporijye viloyatidagi Ko‘pani aholi punktini egallagani bildirildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun avval ham Zaporijye viloyatidagi Rovnoye va Lesnoye, shuningdek, Donetsk viloyatidagi Malinovka aholi punktlari nazoratga olinganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 2022 - yil fevral oyida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan.

















