TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Netanyahu boshchiligidagi Isroil hukumati 2023-yil oktabrdan buyon G‘azoda amalga oshirilgan genotsid davomida, aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan taxminan 69 ming kishini o‘ldirgan, yana 170 mingdan ortiq kishini yaralagan.
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Israeli Prime Minister Benjamin Netanyahu participates in the state memorial [FILE].
8 ноябр 2025

Turkiya, G‘azodagi Falastin hududida sodir etilgan “genotsid” jinoyatlari sababli Netanyahu va yana 36 nafar gumonlanuvchiga nisbatan hibsga olish buyrug‘i chiqardi.

Istanbul Bosh prokuraturasi juma kuni bergan bayonotida, G‘azoda sodir etilgan “genotsid” jinoyatlari doirasida Netanyahu hamda 37 nafar gumonlanuvchiga qarshi tergov yakunida hibsga olish qarori chiqarilganini ma’lum qildi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Isroilning G‘azodagi tinch aholiga qarshi “tizimli” hujumlari keng qamrovli tergov natijasida genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida baholangan.

Tergov, Isroil dengiz kuchlarining G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishga urinayotgan Global Sumud Flotini to‘sib qo‘yganidan so‘ng, jabrlanuvchilar va ularning vakillari tomonidan berilgan shikoyatlar asosida boshlangan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar, guvohlar va xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan dalillar Isroilning harbiy va siyosiy rahbarlari kasalxonalar, yordam karvonlari va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlarni bevosita buyurganini va amalga oshirganini ko‘rsatgan.

Tergov hujjatlarida 6 yoshli Hind Rajabning o‘ldirilishi, 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan Al-Ahli Arab kasalxonasining bombalanishi va Turk-Falastin Do‘stlik Kasalxonasiga qilingan hujum misol tariqasida keltirilgan.

Shuningdek, Isroilning G‘azoga nisbatan qo‘llayotgan blokadasi insonparvarlik yordamini ataylab to‘sayotganini, bu esa xalqaro huquqqa ko‘ra qo‘shimcha urush jinoyati hisoblanishini bildirilgan.

Genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinayotganlar orasida — Netanyahu, Mudofaa vaziri İsrael Katz, Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Bosh shtab rahbari Herzi Halevi hamda Dengiz kuchlari qo‘mondoni David Saar Salama kabi yuqori lavozimli shaxslar bor.

Gumonlanuvchilar hozirda Turkiyada bo‘lmaganlari uchun, prokuratura suddan bu shaxslarga nisbatan xalqaro hibsga olish buyrug‘i (qizil byulleten) chiqarilishini so‘radi.

Tergov Istanbul politsiyasi va Milliy razvedka tashkiloti (MİT) bilan hamkorlikda olib borilmoqda va davom etmoqda.

Bayonotda, Turkiyaning bu huquqiy qadami xalqaro gumanitar huquq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi asosida amalga oshirilayotgani, shuningdek, G‘azodagi jabrlanuvchilar uchun adolatni ta’minlash va urush jinoyatchilaridan hisob so‘rash borasidagi qat’iy pozitsiyasini tasdiqlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud o‘tgan yilning noyabr oyida Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azodagi urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sababli hibsga olish buyrug‘i chiqargan edi.

Bundan tashqari, Isroil hozirda Falastin hududlariga nisbatan olib borayotgan urushi uchun Xalqaro adliya sudida genotsid bo‘yicha sud jarayoniga duch kelgan.

 

Boxabar bo'ling!
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Finlandiyaga tashrif buyurdi
Turkiyaning mudofaa eksporti 31 foizga o'sib, 6,7 milliard dollarni tashkil qildi
Turkiya noyabrda Suriya bilan tranzit savdoni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya Yevropa bilan mudofaa loyihalari bo'yicha  hamkorlikni kuchaytiradi
Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashining G'azoga qo'shin yuborish qaroriga muvofiq harakat qiladi
Erdo‘g‘an musulmon davlatlarni Sudandagi qirg'inni to'xtatishga chaqirdi
Tomas Greminger: Turkiya va boshqa o‘rta davlatlar adolatliroq global tartibga yordam berishi mumkin
Fidan: «PKKning mintaqadagi faoliyatini to‘xtatishi, barqarorlik uchun muhimdir» - dedi.
Fidon: Global tizim islohatsiz yashay olmaydi — BMT “legitimlik inqirozi”da