Isroil tomonidan xalqaro suv hududida yo‘liga monelik qilingan “Global Sumud” insonparvarlik yordam flotiliyasiga tegishli kemalarda bo‘lgan turk fuqarolari bilan dunyoning boshqa davlatlaridan ishtirok etgan va turli millatga mansub boshqa faollar Istanbulga yetib keldi.
Guruh juma kuni (01.05.2026) kechasi maxsus reys orqali Istanbulga olib kelindi.
Turk Havo yo‘llariga tegishli samolyot Gretsiyaning Krit orolidan 59 kishini, jumladan 18 nafar turk fuqarosini olib keldi.
TK6934 reys raqamli samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:45 da Istanbul aeroportiga qo‘ndi.
Faollar aeroportning VIP terminalida yaqinlari va rasmiylar tomonidan kutib olindi.
Kutib olish marosimi ortidan, guruh Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan boshlangan tergov doirasida Istanbul Sud - tibbiyot institutida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
Guruh Isroilning G‘azo blokadasini buzish va asosiy insonparvarlik yordamlarini yetkazib berishni maqsad qilgan xalqaro tashabbus — “Global Sumud” flotiliyasining bir qismi edi.
Uning, 2026 - yilning bahorgi missiyasi 12 - aprel kuni Barselonadan yo‘lga chiqqan va 26 - aprel kuni safarni davom ettirishdan oldin Sitsiliya yaqinida yig‘ilgan.
Tashkilotchilarga ko‘ra Isroil kuchlari kemalarni 29 - aprel kuni kechasi Krit yaqinida, G‘azodan taxminan 600 dengiz mili uzoqlikdagi xalqaro suv hududida va Gretsiya hududiy suvlaridan tashqarida to‘xtatgan.
Faollar qo‘lga olinib,, amaliyot davomida kemalarga ziyon yetgan.
Flotiliya tashkilotchilari, missiyada turk fuqarolari ham bor dunyoning 39 mamlakatidan jami 345 nafar ishtirokchi qatnashganini ma’lum qildi.















