Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi bugun (08.01.2026) bergan bayonotida, Halabda YPG terror tashkilotiga qarshi olib borilayotgan amaliyot to‘liq Suriya armiyasi tomonidan uyushtirilgani va vaziyat yaqindan kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Bayonotda mavzu haqida: «Suriya xavfsizligi — bizning xavfsizligimizdir va jarayonlar diqqat bilan kuzatilmoqda. Mamlakatimiz Suriya birligi va hududiy yaxlitligi asosida terror tashkilotlariga qarshi olib borilayotgan kurashni qo‘llab - quvvatlaydi. Suriya talab qilgudek bo‘lsa unda Turkiya kerakli yordamni ko‘rsatadi», - dedi.
Suriya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkiloti Halab shimolidagi mahallalarga qarshi ketma - ket 3 gun davomida hujum uyushtirgan.
Tinch aholiga hujum
YPG tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 39 kishi esa tan jarohati oldi.
Suriya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra hujumlar yuzasidan 3 mingdan ortiq tinch aholi uy -joyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Zo‘ravonliklar tufayli Halab viloyati ma’muriyati payshanba kuni davlat va xususiy maktablar ham da universitetlarda darslarni to‘xtatgan edi ammo endi uning muddatini uzaytirishga majbur bo‘ldi.
O‘tgan 2025 - yilning 10 - marti kuni Suriyaning prezidentlik apparati YPGning davlat institutlariga integratsiyasini nazarda tutuvchi kelishuv imzolangani, mamlakatning hududiy yaxlitligi qayta tasdiqlangani va bo‘linish urinishlari rad etilganini e’lon qilgandi.
Suriya rasmiylarining ta’kidlashicha, o‘shandan beri YPG kelishuv shartlarini bajarish yo‘lida hech qanday qadam tashlamagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 - yilning 8 - dekabri kuni Bashar al - Asad rejimi 24 yillik hokimiyat ortidan ag‘darildi va xuddi shu jarayondan keyin boshqaruvga kelgan Suriya hukumati mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash uchun muhim faoliyatlar olib bormoqda.



























