SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Rossiya va Ukraina hay'ati rahbarlari Jenevadagi muzokaralarni baholadi
Rossiya va Ukraina hay'ati rahbarlari AQSh o‘rtamchiligida Jenevada uyushtirilgan muzokaralarni baholadi.
Rossiya va Ukraina hay'ati rahbarlari Jenevadagi muzokaralarni baholadi
_
11 соат олдин

Rossiyaning bosh muzokarachisi Vladimir Medinskiy chorshanba kuni bergan bayonotida, AQSh o‘rtamchiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida Jenevada olib borilayotgan tinchlik muzokaralari qiyin ammo professional ruhda o‘tayotgani va tez orada yangi bosqich o‘tkazilishini bildirdi.

AQSh, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida tinchlik ustidan kelishib olinishi uchun o‘rtamchilik qilishga urinmoqda; biroq Rossiyaning Ukrainadan hozir nazorat qilayotgan Donbass mintaqasining sharqidagi ayrim hududlardan chiqib ketishini talab qilishi va Kiyevning bu talabni rad etishi sabab jarayon sekin ilgarilamoqda.

Kremlning katta maslahatchilaridan biri Medinskiy Jenevada jurnalistlarga shunday dedi: “Muzokaralar ikki kun davom etdi. Kecha turli formatlarda juda uzoq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bugun esa taxminan ikki soat davom etdi. Qiyin bo‘ldi ammo rasmiy va jiddiy tarzda o‘tkazildi. Keyingi uchrashuv tez orada bo‘lib o‘tadi”.

Qisqa bayonotidan so‘ng u savollarga javob bermadi.

Ukraina: “Ijobiy siljish bor”

Boshqa tomondan, Ukrainaning bosh muzokarachisi Rustem Umerov chorshanba kuni Jenevadagi uchrashuv ortidan AQSh va Rossiya bilan urushni yakunlash bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarda ijobiy siljish borligini qayd etdi.

Umerov shunday dedi: “Jarayonni yakunlash uchun zarur bo‘lgan asosiy bandlar ustida ishlashga e’tibor qaratdik. Bu barcha tomonlar o‘rtasida uyg‘unlik va yetarli vaqt talab qiladigan murakkab ish. Ijobiy siljish bor ammo hozircha tafsilotlarni ochiqlab bo‘lmaydi”.