G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘arbiy Sohilda filislinlik taxminan 100 kishini nazorat ostiga oldi
G‘azodagi genotsid davom etar ekan, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi amaliyotlar ham avj ola boshladi.
Isroil G‘arbiy Sohilda filislinlik taxminan 100 kishini nazorat ostiga oldi
_
10 декабр 2025

«Anadolu» axborot agentligiga gapirgan guvohlarning aytishicha, Isroil kuchlari bosib olingan Garbiy Sohilning shimolida keng kolamli bosqin uyushtirgan. Voqea oqibatida falastinlik qariyb 100 kishi hibsga olindi. Bu hodisa oxirgi oylarning eng yirik qolga olish amaliyotlaridan biri sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

Isroil askarlari chorshanba kuni Nablus, Salfit, Ariha bilan bir qatorda Jenin, Tulkaram va Kalqiliyadagi bir necha qishloq bilan bir qatorda, bosib olingan Sharqiy Quddusning ikki mahallasiga bostirib kirgan. «Anadolu» axborot agentligi muxbirining xabar berishicha Isroil kuchlari Nablusda taxminan 50, Salfitda 15, Arihada 13 va bosib olingan Sharqiy Quddusda 20 kishini hibsga olgan; ularning ayrimlari soroq ortidan qo‘yib yuborilgan.

Jenin shahrida hibsga olinganlar orasida, 2006 – 2007-yillarda Falastin Bosh vazirining orinbosari va Ta’lim vaziri bolib ishlagan Nosir ash - Sha’ir ham bor. Guvohlarning aytishicha, ash - Sha’ir, qoyib yuborilishidan oldin bir necha soat davomida hibsda ushlab turilgan.

Isroilning noqonuniy ko‘chmanchilarining hujumlari davom etmoqda

Songgi hibsga olishlar, Isroilning bosib olingan Garbiy Sohildagi bosqinlarni Gazoga qarshi olib borilgan shafqatsiz urush bilan birga kuchaytirgan bir davrga togri kelmoqda.

2023 - yilning oktabr oyidan beri bosib olingan Garbiy Sohilda Isroil armiyasi bilan noqonuniy kochmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik kamida 1 ming 92 kishi halok bolar ekan, qariyb 11 ming kishi tan jarohati olgan, 21 ming nafardan ortiq inson esa hibsga olingan.

Bu davrda xalqaro nazorat ham kuchaydi

Xalqaro Adliya Sudi otgan yilning iyul oyida e’lon qilgan tarixiy maslahat xulosasida, Isroilning Falastin yerlarini bosib olishini noqonuniy deb topar ekan; bosib olingan Garbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi barcha kochmanchi yashash punktlari boshatilishni talab qildi.