TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Burxaneddin Duran Ozarbayjon xalqini tabrikladi
Burxaneddin Duran, Ozarbayjon xalqini bugungi mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabrikladi.
Burxaneddin Duran Ozarbayjon xalqini tabrikladi
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxanettin Duran, Ozarbayjonning mustaqillik kuni munosabati bilan bayonot berdi.

Duran mavzu haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali: «Ozarbayjonning 28 - may Mustaqillik kunini eng samimiy tuyg‘ularim bilan tabriklayman. Ushbu muhim kunda jonajon Ozarbayjonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan barcha shahidlarimizni rahmat bilan, faxriylarimizni minnatdorchilik bilan yodga olaman. Shu o‘rinda qardosh Ozarbayjon xalqini mehr bilan salomlayman.

Prezidentimiz janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Ozarbayjon Prezidenti janob Ilhom Aliyev tomonidan namoyon etilgan kuchli yetakchilik va mustahkam birdamlik tufayli ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun muhim namuna bo‘lib qolmoqda. Bir millat, ikki davlat tamoyili bilan birodarligimiz abadiy bo‘lsin» - degan ifodalarga o‘rin berdi.