TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Isroil qamalini yana bir bor qoraladi
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning Isroilga bo‘lgan munosabatini yana bir bor ta'kidlagan holda G‘azo tinchligini qo‘llab - quvvatlashni davom etishiga e'tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an Isroil qamalini yana bir bor qoraladi
_
25 декабр 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan, Isroil oz majburiyatlarini bajarmayotgani va Gazoga gumanitar yordam yetkazib berilishiga ham ataylab monelik qilayotganini qayd etdi.

Erdogan kecha (24.12.2025) Anqarada bo‘lib o‘tgan Adolat va taraqqiyot partiyasining kengaytirilgan viloyat raislari yig‘ilishida so‘zlagan nutqida: “Isroil hatto bunday gumanitar masalada ham va’dasida turmayapti. Gumanitar yordam yetkazib berilishiga turli soxta bahonalar bilan har doimgidek qiyinchilik tug‘dirib, monelik qilib kelmoqda”, - dedi.

Erdo‘g‘an: “11 - oktabrdan beri G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinishiga qaramay, Isroil vayronaga aylantirgan aholi punktlarida muammolar hanuz davom etmoqda”, - degan ifodalarga o‘rin berdi. U shuningdek, Turkiya yaqin kunlarda falastinliklarga korsatiladigan yordam miqdorini yana - da oshirishini bildirdi.

Prezident mavzu haqidashuningdek:
“Barakali uch oy davomida Falastinga bo‘lgan yordamimizni yana - da orttiramiz. Turkiya sifatida biz boyin egmaymiz, jim turmaymiz, unutmaymiz va G‘azoni hech qachon yolgiz qoldirmaymiz”, - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, Turkiyaning bu pozitsiyasi yana - da keng ko‘lamli gumanitar yordam siyosatining bir qismi ekanini ifoda etgan holda mamlakat muhtojlarga doimiy ravishda yordam ko‘rsatib kelayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

U sozlari yakunida:
“Kavkazlardan Bolqonlargacha, Afrikadan Osiyogacha — qayerda va kim yoki kimlar qiyinchilikka duch kelsa, hech ikkilanmay yordamga chopdik. Bu holat kecha ham shunday edi, bugun ham shunday, ertaga ham aslo ozgarmaydi”, - dedi.