DUNYO
2 daqiqa o'qish
IFRC Turkiyadan Eronga yanada ko‘proq yordam yubormoqchi
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC), Turkiyadan Eronga qo‘shimcha yordam jo‘natish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.
IFRC Turkiyadan Eronga yanada ko‘proq yordam yubormoqchi
_
7 соат олдин

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC), Turkiyadan mamlakatga yetib borgan ilk tibbiy yuk ortidan Eron uchun qo‘shimcha yordam jo‘natish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.

Jenevada jurnalistlarga intervyu bergan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC) Matbuot xizmati kotibi Tommaso Della Longa, konvoy juma kuni Anqaradan yo‘lga chiqib, yakshanba kuni Eronga kirgani va bu mojaro boshlanganidan beri amalga oshirilgan ilk transchegaraviy tibbiy yuklardan biri ekanini qayd etdi.

Turk Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda yetkazilgan yuk tarkibida og‘ir holatlarda tezkor hayot saqlab qoluvchi yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ilg‘or travma to‘plamlari bo‘lgan.

Della Longa Eronga insonparvarlik ta’minot yo‘llari “jiddiy darajada izdan chiqqani”, bu esa yordam tashkilotlarini Turkiyaning sharqidan quruqlik orqali yuk tashishga majbur qilayotganini ta’kidladi.

U mavzu haqida shuningdek: “Birinchi jo‘natmadan tashqari, bu Eron uchun ko‘proq yordam yetib borishining boshlanishi bo‘lishidan umidvormiz. Keyingi jo‘natmalar uchun rejalarimiz bor, shuning uchun bu hudud muhim yordam yo‘lagiga aylanishi mumkin; chunki keyingi qadam nima bo‘lishi va an’anaviy yo‘llar qachon to‘liq ochilishini bilmaymiz” - dedi.

Della Longa ushbu amaliyotni: “Eron Qizil Yarim oy jamiyatining hayot saqlab qoluvchi faoliyatini qo‘llab - quvvatlash uchun muhim ilk qadam” - deb atadi.

Shuningdek, u ayniqsa sog‘liqni saqlash va psixologik yordam sohalarida katta ehtiyoj mavjudligi, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC) davom etayotgan mojaro ta’sirida qolgan 5 million kishiga hayotiy yordamni kengaytirish maqsadida favqulodda yordam chaqiruvini 153 million dollardan oshirgani ammo haligacha jiddiy moliyaviy yetishmovchilik kuzatilganini ta’kidladi.

O‘tgan hafta Turk Qizil Yarim oy jamiyati Eron Qizil Yarim oy jamiyatining talabiga binoan Eronga 48 tonna insonparvarlik yordami yuklangan to‘rtta yordam yuk mashinasi yuborgan edi.