Fransuz deputatlar Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan bolalarni himoya qilish usuli sifatida qo‘llab - quvvatlangan va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.
Qonun loyihasi dushanba kuni (26.01.2026) kechqurun bo‘lib o‘tgan va uzoq davom etgan majlis ortidan parlamentning quyi palatasi — Milliy Assambleyada 130 ovozga qarshi 21 ovoz bilan qabul qilindi.
Hujjat yana - da batafsil ko‘rib chiqilishi uchun Senatga yuboriladi.
Makron «X» platformasi orqali bergan bayonotida ovoz berish natijasini mamnuniyat bilan qarshi olganini bildirib, uni fransuz bolalari va yoshlarini himoya qilish yo‘lidagi «muhim qadam» deb baholadi.
Shuningdek, Makron ushbu «konstruktiv ish»ning kelgusi o‘quv yilidan boshlab kuchga kirishi Senatga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Fransiya Prezidenti mavzu haqida shuningdek:
«Chunki bolalarimizning ongini Amerika platformalari ham, Xitoy tarmoqlari ham sotib ololmaydi. Chunki bolalarimizning orzulari algoritmlar tomonidan belgilanmasligi kerak. Chunki biz tashvishli avlodlarni emas; balki Fransiyaga, Respublikaga va uning qadriyatlariga ishonadigan bir avlodni istaymiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Makron, 1 - sentabrgacha qonun qabul qilinishini ta’minlashi va fransuz bolalari ham - da yoshlarining himoya qilinishini o‘z so‘ziga ilova etdi.















