Prezident Rejep Tayyip Erdo’g‘an Ozarbayjonning 15-iyun – Milliy ozodlik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan tabrigida do‘st va qardosh Ozarbayjon xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, Erdo’g‘an shunday dedi:
“Jonajon Ozarbayjonni 15-iyun – Milliy ozodlik kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. ‘Bir millat, ikki davlat’ shiori ostida yagona yurak bo‘lib yashayotgan barcha ozarbayjonlik qardoshlarimizga Turkiyaning samimiy salomi va cheksiz muhabbatini yo‘llayman”.


















