SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Kuba AQSh tahdidlariga qarshi mintaqa mustaqilligini himoya qilmoqchi
Kuba, Lotin Amerikasi va Karib davlatlari hamjamiyati (CELAC) a’zolarini AQSh tahdidlariga qarshi mintaqa mustaqilligini birgalikda himoya qilishga chaqirdi.
Kuba AQSh tahdidlariga qarshi mintaqa mustaqilligini himoya qilmoqchi
_
6 январ 2026

Markazi Venesuelada joylashgan Telesur News xabariga ko‘ra Kuba Tashqi Ishlar vaziri Lotin Amerikasi va Karib davlatlari hamjamiyati (CELAC) a’zolarini Venesueladagi oxirgi voqealar yuzasidan mintaqa mustaqilligini birgalikda himoya qilishga chaqirdi.

Yakshanba kuni (03.01.2026) CELAC - ning favqulodda sammitida nutq so‘zlagan Kuba Tashqi Ishlar vaziri Bruno Rodriges, AQShning Venesueladagi harakatiga e’tibor qaratib, uning, barcha siyosiy va mafkuraviy chiziqlarni ko‘rmaslikka olgan tarixiy ahamiyatdagi tahdid ekanini ta’kidladi.

Rodriges mavzu haqida shuningdek: “Lotin Amerikasi mubohasali hudud bo‘lmaganidek, o‘z xalqining mustaqilligidan boshqa hech kimga ham tegishli emasdir”, - der ekan; AQSh Prezidenti Donald Trampning Venesuela neft sanoatini nazorat ostiga olish haqidagi bayonotlari mustamlakachilik tusda ekanini ham qayd etdi.

Shuningdek, Rodriges o‘g‘irlab ketilgan Venesuela lideri Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Flores Nyu - Yorkdagi sudda ayblovlar bilan yuzlashish uchun AQShga olib ketilganini bildirib, ularni zudlik bilan ozod etishlarini talab qildi.

Rodriges, CELAC, xalqaro huquq ustidan kuch va vahshiylik hukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi; bu hujumlar, qayd etilgan o‘lim va falokatlardan kim mas’ul bo‘lsa javobgarchilikka tortilishi kerakligini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Shanba kuni (03.01.2026) Tramp zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, AQSh qo‘shinlari yordamida mamlakat ustidan vaqtincha Amerika nazoratini o‘rnatishga va’da bergandi.