Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxaneddin Duran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida Anqara “Turkiya asri” loyihasiga munosib yana bir muhim asarga ega bo‘layotganini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida bugun foydalanishga topshiriladigan Anqara aeroporti va unga tutash avtomobil yo‘llari so‘nggi 23 yil davomida transport va infratuzilma sohalarida amalga oshirilgan yirik islohotlarning navbatdagi yorqin namunasi bo‘ladi. Duran mavzu haqida:
“Poytaxtimiz Anqara Turkiya asri loyihasiga mos bo‘lgan yana bir muhim inshootga ega bo‘lmoqda, Turkiya esa yana - da jadallashmoqda. Prezidentimiz Janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida bugun foydalanishga topshiriladigan Anqara aeroporti va unga bog‘lovchi yo‘llar so‘nggi 23 yil ichida transport va infratuzilma sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarning yangi timsoliga aylanadi.
Zamonaviy infratuzilmasi va strategik joylashuvi bilan Anqara aeroporti, poytaxtimizning xalqaro maydondagi o‘rni hamda aviatsiya salohiyatini yana - da mustahkamlaydi. Shuningdek, 7 – 8 iyul kunlari o‘tkaziladigan NATO sammiti doirasida dunyo yetakchilarini qabul qilib, Turkiyaning diplomatik qudrati va mezbonlik salohiyatiga munosib hissa qo‘shadi.
Turkiyani har sohada yana - da yuksaltirish maqsadiga xizmat qilayotgan ushbu yondashuv asosida bunyod etilgan Anqara aeroportining poytaxtimiz, aziz xalqimiz va mamlakatimiz uchun xayrli bo‘lishini tilayman hamda ushbu loyihada mehnat qilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildiraman” - degan ifodalarga o‘rin berdi.


















