The Wall Street Journal xabariga ko‘ra Isroil Eronga qarshi havo hujumlarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida Iroqning cho‘l hududida yashirin harbiy baza tashkil qildi.
Xabarga ko‘ra Isroil kuchlari mojaroning dastlabki bosqichlarida bazani aniqlashga yaqinlashgan iroqlik askarlarga qarshi havo hujumlari uyushtirgan.
Gazetaning yozishicha, ushbu ilg‘or harbiy nuqta urush boshlanishidan sal avval AQShning xabardorligi ostida ammo Iroq hukumatidan boxabar yoki roziligisiz tashkil etilgan.
Iroq davlat OAVlari bir cho‘pon shubhali harbiy faoliyatni kuzatgani haqida xabar bergach, iroqlik harbiylar tergov boshlagan va baza joriy yilning mart oyi boshlarida deyarli fosh bo‘lishiga oz qolgan.
Isroil iroqlik kuchlarning bazaga yetib borishini to‘xtatish uchun havo hujumlari uyushtirgan. Iroqlik askarlardan birining halok bo‘lishiga yo‘l ochgan ushbu hujum Iroq hukumati tomonidan qoralandi.
Qays al - Muhammadaviy mavzu haqida davlat OAVlariga bergan bayonotida: «Bu ehtiyotsiz amaliyot muvofiqlashtirilmagan holda yoki ruxsatsiz amalga oshirildi» - dedi.
Ma’lum qilinishicha, Isroil kuchlari ushbu bazadan Isroil harbiy - havo kuchlari uchun logistika markazi sifatida foydalangan, shuningdek, qidiruv - qutqaruv guruhlari ham shu yerda joylashtirilgan.
Isroil armiyasi ushbu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Joriy yilning 28 - fevralidan buyon mintaqadagi keskinlik avj oldi. Bu esa Eronning javob choralariga va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishiga olib keldi.
Yana joriy yilning 8 - apreli kuni Pokiston o‘rtamchiligida sulh kuchga kirgan edi ammo keyinchalik Donald Tramp aniq muddat ko‘rsatmagan holda sulh muddati uzaytirilganini e’lon qildi.
















