SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp: Saylovdagi mag‘lubiyatning sababi Eron urushi
Donald Tramp: Oraliq saylovlardagi mag‘lubiyat sababi — Eron urushi va qimmatchilik
Tramp: Saylovdagi mag‘lubiyatning sababi Eron urushi
Tramp

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressga o‘tkazilgan oraliq saylovlarda Demokratlardan uchralgan mag‘lubiyat yuzasidan o‘z baholarini bildirdi. Tramp saylov natijalariga Eron bilan bo‘lgan urush hamda ushbu jarayon olib kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

Prezident o‘rinbosari J.D. Vensning mag‘lubiyatni Eron urushi bilan bog‘lagan bayonotini sharhlar ekan, Tramp: "Menimcha, bu asosan to‘g‘ri. Urush qisqa muddatda benzin narxining oshishiga olib keldi, shuning uchun bu fikrga qo‘shilaman", dedi.

"Yana shunday vaziyat bo‘lsa, baribir shu qadamni tashlagan bo‘lardim"

Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish uchun ushbu choralarni ko‘rganliklarini urg‘ulagan Tramp, qaroridan afsusda emasligini bildirdi:

"Urush saylov natijalariga ta’sir qilishini bilardim. Biroq bu vaziyat nimani o‘zgartirishidan qat’i nazar, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi. Bugun yana qaror qabul qilishim kerak bo‘lganda ham baribir shunday qilgan bo‘lardim. Chunki uzoq muddatli xavfsizlik har narsadan ustundir."

Kongressdagi yangi davr va Demokratlar bilan munosabatlar

Demokratlar Kongressning har ikkala palatasida ham ko‘pchilikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, yangi davr haqida to‘xtalgan AQSH Prezidenti murosaga tayyorligini bildirdi. Demokratlar buzg‘unchi pozitsiyani egallamasa, ular bilan yaxshi chiqishishiga ishonishini aytgan Tramp, o‘z qo‘llarida veto huquqi borligini ham eslatib o‘tdi. Demokratik tomondan muloqot qilish istagi bildirilganini ta’kidlagan Tramp, bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligini aytdi.

Saylovchilarning tanloviga to‘xtalar ekan, Tramp agar saylov bbulletenida o‘z ismi bo‘lganida, aniq ustunlik bilan g‘alaba qozongan bo‘lishlarini ta’kidladi. Shuningdek, Tramp Vakillar palatasi spikerini saylash jarayoniga va nomzodlar poygasiga aralashmasligini qo‘shimcha qildi.