Bayonotda hujumlar to‘qqiz kechadan buyon davom etayotgani ta’kidlanib, “Hujumlar Eron Hurmuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan savdo kemalari va fuqaro dengizchilarini nishonga olish uchun foydalanayotgan harbiy salohiyatni zaiflashtirishda davom etadi”, deyiladi.
Eron matbuoti mamlakatning ayrim hududlarida portlashlar yuz berganini xabar qildi.
“Tesnim” axborot agentligi mamlakat janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida joylashgan Mahshahr va Bandar Imom Xumayni port shaharlari, shuningdek, boshqa qator hududlarda portlashlar sodir bo‘lganini ma’lum qildi.


















