DUNYO
1 daqiqa o'qish
BMT: “Jibuti sohillari yaqinidagi qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qoldi
Jibuti rasmiylari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirayotgani bildirildi.
BMT: “Jibuti sohillari yaqinidagi qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qoldi
Jibuti sohillari yaqinidagi kema halokatida 139 kishi halok bo‘ldi,

Jibuti sohillari yaqinida yuz bergan qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi esa bedarak yo‘qoldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) yozma bayonotida Jibuti sohillari yaqinida 305 kishini olib ketayotgan qayiq ag‘darilib ketganini ma’lum qildi.

Bayonotda hodisa oqibatida 139 kishi halok bo‘lgani, 84 kishi bedarak yo‘qolgani va Jibuti rasmiylari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirayotgani bildirildi.

IOM keyinroq e’lon qilgan bayonotida ag‘darilgan qayiq 9-oktabrga o‘tar kechasi emas, 9-oktabr kechasi 305 kishi bilan Jibutidan Yaman tomon yo‘lga chiqqanini qayd etdi.

Bayonotda ushbu hodisa Sharqiy yo‘nalishda qayd etilgan eng ko‘p odam o‘limiga sabab bo‘lgan qayiq halokatlaridan biri ekani ta’kidlandi. Bu xavfli migratsiya yo‘nalishi orqali Afrika Shoxi mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar Adan ko‘rfazi yoki Qizil dengizni kesib o‘tib, Yaman orqali Ko‘rfaz mamlakatlariga yetib borishga urinadi.

Bayonotda fikrlariga o‘rin berilgan IOM bosh direktori Emi Poup shunday dedi:

“Hech kim boshqa xavfsiz yo‘l yo‘qligiga ishonmasa, bunday qayiqqa chiqmaydi. Bu o‘limlarni odatiy holdek qabul qilishda davom eta olmaymiz. Xavfsiz va qonuniy yo‘llar hayotni saqlab qoladi.”

Poup hukumatlar va donorlarga navbatdagi qayiq cho‘kishidan oldin harakatga o‘tishga chaqirdi.