SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Eron muzokaralarning muvaffaqiyatsizligidan AQShni ayblamoqda
Eron Pokiston o‘rtamchiligidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsizligidan AQShni ayblamoqda.
Eron muzokaralarning muvaffaqiyatsizligidan AQShni ayblamoqda
_

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqhchi Rossiyaga bo‘lgan diplomatik tashrifi ortidan ikki tomonlama muzokaralarning muvaffaqiyatsizligidan Vashingtonni aybdor den topdi.

Urushayotgan tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar esa boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek ko‘rinmoqda.

Eron Tashqi ishlar vaziri bu bayonotlarni Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilayotgan Sankt – Peterburg shahrida berdi. Aroqchi so‘nggi kunlarda o‘rtamchilik qilgan Pokistonga qilgan tashrifi orasida Ummonga ham borgan edi.

Islomobod, Vashington bilan Tehron o‘rtasidagi ilk va yagona muzokaralarga mezbonlik qilgan edi. Aroqchining tashrifi, AQSh Prezidenti Donald Trampning elchilari Stiv Vitkoff va Jared Kushnerning rejalashtirilgan tashrifini bekor qilguniga qadar hafta oxirida yangi muzokaralarga bo‘lgan umidlarni orttirgan edi.

Aroqchi dushanba kuni (27.04.2026) mavzu haqida shunday dedi: «AQShning yondashuvlari, ayrim ijobiy siljishlarga qaramay, ortiqcha talablar sababli avvalgi muzokaralarning maqsadlariga erishilishiga to‘sqinlik qildi».

Tramp elchilarining Pokistonga bo‘lgan tashrifini bekor qilgach, Fox Newsga bergan intervyusida, agar Eron muzokara qilmoqchi bo‘lsa unda AQShga o‘zlari kelishi yoki bog‘lanishi mumkinligini aytdi; biroq muzokaralarning bekor qilinishi hujumlarning qayta boshlanishini anglatmasligini ta’kidladi.

Yashirin muzokaralar davom etayotganiga ishora sifatida, Fars axborot agentligi Eronning Pokiston orqali amerikaliklarga yadro masalalari va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ham o‘z ichiga olgan qizil chiziqlarini bayon etgan yozma xabarlar yuborganini bildirdi.

Biroq Fars axborot agentligi bu xabarlar rasmiy muzokaralarning bir qismi emasligini ta’kidladi.

AQShning Axios nashri yakshanba kuni (26.04.2026) amerikalik rasmiylardan biri va masaladan xabardor yana ikki manbaga tayangan holda Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining qayta ochilishi va AQShning u yerdagi dengiz blokadasini tugatishga asoslangan yangi taklif yuborgani, yadro muzokaralari esa keyingi bosqichga qoldirilganini xabar qildi.

IRNA bu xabarni inkor etmagan holda e’lon qildi.

Global masala

Bo‘g‘oz masalasi, Aroqchi, Eron ro‘parasida turgan Ummonga uyushtirilgan tashrifi chog‘ida ham kun tartibida edi.

Aroqchi Sankt - Peterburgda bergan bayonotida: «Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tish muhim global masaladir. Tabiiyki, bu bo‘g‘ozning ikki qirg‘oq davlati sifatida umumiy manfaatlarimizni ta’minlash uchun o‘zaro muloqot qilishimiz kerak» - dedi.

Rossiya va Eron davlat OAVlari tegishli rasmiylarga tayanib, Aroqchining Putin bilan uchrashishini tasdiqladi.

Biroq Eron Inqilobiy gvardiyasi global bozorlarga ta’sir ko‘rsatgan blokadani bekor qilish niyatida emasligini bildirib, Ho‘rmuz ustidan nazoratni saqlab qolish va uning AQShga nisbatan tiyib turuvchi ta’sirini davom ettirish Tehronning qat’iy strategiyasi ekanini ma’lum qildi.