TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya va Ispaniya o'rtasida HURJET eksporti bo'yicha shartnoma imzolandi
Turkiya mudofaa sanoati rahbari aytishicha, bu bitim nafaqat samolyotlar eksporti, balki tizimlar va uzoq muddatli hamkorlikni ham o'z ichiga oladi.
Turkiya va Ispaniya o'rtasida HURJET eksporti bo'yicha  shartnoma imzolandi
Defence official hails €2.6bn agreement as milestone for high-tech exports / AA
31 декабр 2025

Turkiya mudofaa sanoati rahbari Ispaniyaning Turkiyaning birinchi mahalliy ishlab chiqilgan reaktiv tayyorgarlik uchog‘i HURJETdan 30 dona sotib olish qarori, qiymati 3 milliard dollardan ortiq (2,6 milliard yevro), Anqaraga yangi eksport imkoniyatlarini ochgani haqida gapirdi.

Anqaradagi Turkish Aerospace Industries korxona hududida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Haluk Gorgun, bu kelishuv so‘nggi yigirma yil ichida Turkiyaning mudofaa va yuqori texnologiyalar sohasidagi taraqqiyotining ifodasi ekanini aytdi.

U Prezident Recep Tayyip Erdo’g’an boshchiligida Turkiya yuqori texnologiyalar ishlab chiqarishga qodir, o‘z mudofaa ehtiyojlarini qondira oladigan va do‘st hamda ittifoqdosh mamlakatlar bilan imkoniyatlarini baham ko‘rishga qodir mamlakatega aylanganini va jahon bozorlaridagi o‘rnini asta-sekin mustahkamlab kelayotganini ta'kidladi.

Gorgun shuningdek, mudofaa sanoatidagi mahalliy ishlab chiqarish ulushi 82–83 foizga yetganini qayd etdi.

«Bu eksport biz o‘z original dizaynimiz bilan ishlab chiqqan mahsulot orqali amalga oshdi», dedi u, va HURJETni ishlab chiqishda taxminan 200 ta kompaniya hissasi bo‘lganini qo‘shib o‘tdi.

«Ularning har biri katta mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi va uni eng yaxshi darajada bajarib, butun dunyo bo‘yicha kerakli bo‘lgan jangovar tayyorgarlik samolyotini taqdim etdi», dedi u.

U HURJET samolyotlarini Turkiyaning o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish allaqachon boshlanganini, va Ispaniya — Yevropa Ittifoqi va NATO a'zosi — texnik baholashlar, ikki mamlakat havo kuchlari bilan muzokaralar hamda sanoat hamkorligini baholashlardan so‘ng qiziqish bildirganini aytdi.

«Biz bunday yuqori texnologiyali mahsulotni ittifoqchimiz Ispaniyaga eksport qilayotganimizdan xursandmiz va mamnunmiz», dedi Gorgun.

«Bu kelishuv faqat tayyorgarlik samolyoti bo‘yicha emas. U yerda yer tizimlari, simulyatsiya tizimlari, texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari va hamkorlik modeli kabi ko‘plab yangiliklarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli shartnoma mavjud», dedi u.

U bunday loyihalar pudratchilar uchun ham foyda keltirishini va taxminan 185 mamlakat uchun ishlab chiqariladigan 230 ta mahsulotga ega mudofaa sektoriga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Eksport istiqbollari

Gorgun, kelishuv texnologik hamkorlik, turli yuklamalar va subsistema integratsiyasi imkoniyatlarini yaratishini, shuningdek kelajakdagi yangilangan versiyalarni birgalikda ishlab chiqish va uchinchi mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini ham taqdim etishini aytdi.

«Ispaniyaga moslashtirilgan, Ispaniyaning o‘z ehtiyojlariga binoan yangilangan ispancha versiyasi ham bu paketga kiritiladi», dedi u. U Turkiyaning hamkor mamlakatlar bilan texnologik va iqtisodiy foyda keltiradigan ikki tomonlama manfaatli modellarga ustuvorlik berishini ta'kidladi.

Ispaniya dushanba kuni Turkish Aerospace Industries bilan kelishuvni imzolab, 30 ta HURJET samolyotini 2,6 milliard yevro qiymatidagi xaridni rasmiylashtirdi.