YANGI SURIYA
2 daqiqa o'qish
Isroil askarlari Suriyaning janubi - g‘arbidagi ishg‘olini kengaytirmoqda
Isroil harbiy transportlari Suriyaning Qunaytra viloyatidagi qishloqlarga kirib borar ekan, mahalliy etirozlar ortidan mintaqadagi faoliyatlarini kuchaytirib yubordi.
Isroil askarlari Suriyaning janubi - g‘arbidagi ishg‘olini kengaytirmoqda
_
21 декабр 2025

Suriya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Isroil armiyasi shanba kuni (20.12.2025) yana Suriya mustaqilligini ko‘rmaslikka olib, Qunaytra viloyatining janubi -g‘arbiy hududlarida joylashgan qishloqlarga bostirib kirgan holda nazorat o‘tkazish punktlarini o‘rnatib olgan.

Davlatga qarashli Al - Ikhbariya TV telekanali Isroil askarlari beshta harbiy mashina orqali Ayn Zivan qishlog‘iga kirib borib, hududda vaqtinchalik nazorat punkti tashkil etganini bildirdi.

Telekanal, shuningdek, Isroil kuchlari Qunaytra viloyatining markaziy hududidagi al - Ajraf qishlog‘iga to‘rtta harbiy mashina orqali kirib borib, yo‘lovchilarni tekshirish maqsadida nazorat punkti o‘rnatganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Suriya Arab Axborot Agentligi (SANA) ma’lumotiga ko‘ra bu aralashuv Qunaytra viloyatining as - Salom shahrida o‘nlab suriyalik tomonidan Isroilning davom etayotgan hujumlarini qoralash uchun o‘tkazilgan namoyishdan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan.

Isroil hujumlari

Suriya hukumati Isroil uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid tug‘dirmayotganiga qaramay Isroil o‘zining havo hujumlari orqali Suriya hududlarini nishonga olmoqda. Bu hujumlar tinch aholi o‘limi va Suriya armiyasiga oid harbiy obyektlar, texnika, qurol - yaroq hamda o‘q - dorilarning yo‘q qilinishiga olib keldi.

Damashq bilan Tel - Aviv ehtimoliy xavfsizlik kelishuvi yuzasidan muzokaralar olib borayotgan bo‘lishiga qaramay, Suriya har qanday kelishuvda 2024 - yilning 8 - dekabridan avvalgi maydon sharoitlariga qaytilishini shart qilib qo‘ydi.

Isroil 1967 - yildan beri Suriya tarkibidagi Go‘lan tepaliklarining yirik qismini bosib olib, bermay kelmoqda.

Bashar Asad rejimi 2024 - yilning 8 - dekabrida qulashi ortidan, Isroil 1974 - yilgi Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv o‘z kuchini yo‘qotganini e’lon qilib, Suriya tampon hududini egallab olish payiga tushdi.

Suriyaliklar, Isroilning davom etayotgan bu qonunbuzarliklari barqarorlikni qayta tiklashni ko‘zlagan sa’y - harakatlarni izdan chiqarayotgani va hukumatning mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilash niyatida sarmoya jalb etish rejalari yo‘liga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlashmoqda.