DUNYO
2 daqiqa o'qish
Yangi Zelandiya Isroilni noqonuniy manzilgohlarni kengaytirmaslikka chaqirdi
Tashqi ishlar vaziri Uinston Piters Isroilning noqonuniy manzilgohlarni kengaytirishi ikki davlatli yechim imkoniyatiga zarar yetkazayotganini ta’kidladi.
Yangi Zelandiya Isroilni noqonuniy manzilgohlarni kengaytirmaslikka chaqirdi
Palau Pacific Islands Forum / AP Archive

Yangi Zelandiya Isroilning G‘arbiy Sohildagi harakatlari tinchlik imkoniyatini xavf ostiga qo‘yayotganidan ogohlantirdi

Yangi Zelandiya seshanba kuni ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda vaziyat yomonlashib borayotganidan chuqur tashvish bildirdi. Mamlakat keskinlashayotgan “Isroil harakatlari” uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish imkoniyatini xavf ostiga qo‘yayotganidan ogohlantirdi.

Tashqi ishlar vaziri Uinston Piters X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida: “Isroilning harakatlarida uzoq muddatli tinchlik imkoniyatini xavf ostiga qo‘yadigan yaqqol keskinlashuv kuzatildi”, dedi.

Piters ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarida barpo etilgan noqonuniy Isroil manzilgohlari xalqaro huquqni buzishini va ularning kengaytirilishi ikki davlatli yechim istiqboliga zarar yetkazishini ta’kidladi.

U, shuningdek, noqonuniy isroillik ko‘chmanchilarning falastinliklarga qarshi zo‘ravonligini keskin qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Piters o‘z bayonotida: “Yangi Zelandiya Isroil hukumatini noqonuniy manzilgohlarni kengaytirishni to‘xtatish, ko‘chmanchilar zo‘ravonligining oldini olish va unga qarshi kurashish hamda tinchlik imkoniyatlarini yanada zaiflashtiradigan harakatlardan tiyilishga chaqirayotgan xalqaro hamkorlariga qo‘shiladi”, degan fikrlarni bildirdi.

Piters Vellington anneksiya qilishga qaratilgan qadamlarni yoki falastinliklarni majburan ko‘chirish xavfini tug‘diradigan harakatlarni qat’iyan rad etishini ta’kidlab, bunday choralar xalqaro huquqqa zid ekanini qayd etdi.

Yangi Zelandiya ikki davlatli yechimni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor ta’kidlagan Piters, bu yechim isroilliklar va falastinliklarning tinchlik va xavfsizlik sharoitida yashashi uchun “eng katta umid” ekanini bildirdi.

Seshanba kuni bundan avval Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Irlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ispaniya va Shvetsiya ishg‘ol ostidagi Falastin hududlaridagi noqonuniy Isroil manzilgohlari bilan savdoni cheklashga qaratilgan choralarni e’lon qilgan edi.

Boxabar bo'ling!
AQShda sudya davlat hisobidan Trampni qo‘llovchi reklamalarni to‘xtatishga qaror qildi
BMT: “Jibuti sohillari yaqinidagi qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qoldi
AQSh harbiylari Ummon ko‘rfazida yuk kemasiga zarba berdi
Rossiyada laboratoriya xodimining o'limiga olib kelgan pnevmoniya sababi noma'lumligicha qolmoqda
Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi: 12 kishi halok bo‘ldi, reyslar to‘xtatildi
Rossiya Odessa portiga harbiy yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasini urganini bildirdi
Navi Pillay Nobel tinchlik mukofotini xalqaro jinoyatlar qurbonlariga bag‘ishladi
Fransiyada o‘quvchilar noroziligi butun mamlakatga yoyilmoqda
Panama kuchli zilziladan so‘ng yirik tabiiy ofat e’lon qildi
Tramp Nobel tinchlik mukofoti haqidagi qarorni “sharmandali” deb atadi
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi
NYT: AQSh armiyasi Eronga hujum qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya va Ukraina o'rtasidagi hujumlarda kamida 56 kishi halok bo'ldi
Hisobot: Eron urushida AQShning 81 ta havo vositasi yo‘qotildi yoki jiddiy shikastlandi
ChatGPT bolalar hayoti uchun katta xavf tug'dirmoqda
Xitoylik xaker Janubiy Koreya banklariga qarshi kiberhujumlarda sun'iy intellektdan foydalandi
WMO ogohlantirdi: El-Ninyo Tinch okeani haroratini rekord darajaga ko‘tarishi mumkin
Eron: “AQShning urushni tugatish takliflariga javob vositachilar orqali yetkaziladi”
Ukrainadagi Rossiya hujumlari 11 kishining hayotiga zomin bo'ldi
Zelenskiy: Moskva Ukrainaga qarshi keng ko'lamli hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda