DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukrainaning IHT - lari yuzasidan ikkita aeroport vaqtinchalik bekitildi
Ukrainaning insonsiz havo transportlari (IHT) yuzasidan Moskva atrofidagi Domodedovo va Jukovskiy xalqaro aeroportlari vaqtinchalik bekitildi.
Ukrainaning IHT - lari yuzasidan ikkita aeroport vaqtinchalik bekitildi
_
27 октябр 2025

Rossiyalik rasmiylar bugun (27.10.2025) bergan bayonotida poytaxt Moskvani nishonga olgan ketma - ket hujumlarga qarshi chora ko‘rish uchun rus mudofaa tizimlari kechasi bilan faol xizmatda bo‘lgani va bu holat shahardagi to‘rtta aeroportdan ikkitasining bekitilishiga yo‘l ochganini ma’lum qildi.

Moskva meri Sergey Sobyanin Telegram orqali bergan bayonotida, kecha (26.10.2025) Moskva vaqti bilan soat 22:00 (GMT 19:00) dan oldin boshlagan va besh soat davom etgan amaliyot paytida Rossiya mudofaa bolinmalari 28 ta insonsiz havo transportini urib tushirganini qayd etdi.

Rossiya aviatsiya nazorati organi Rosaviatsiya, havo xavfsizligini ta’minlash maqsadida buyuk Domodedovo aeroporti bilan unga qaraganda kichikroq Jukovskiy xalqaro aeroportining GMT 22:40 dan e’tiboran yopilganiga e’tibor qaratdi.

Ehtimoliy ziyon haqida hech qanday ma'lumot berilmas ekan, Ukraina tomonidan ham hozircha hech qanday izohot berilmadi.